“Hamkorbank” ATB UnionPay International xalqaro to'lov tizimining printsipial a'zosi bo'ldi. Ushbu holat to'lov kartalari egalariga maksimal daromadli, o'z ichiga sodda va qulay imkoniyatlarni olgan, yangi talqindagi bank mahsulotlarini taklif etish uchun imkoniyatlar yaratib beradi.
Hozirgi kunda “Hamkorbank” ATB o'z mijozlariga UnionPay Classic plastik kartalarini taklif etadi. 2015 yilning mart oyidan boshlab esa UnionPay Gold plastik kartalarini emissiya qilish ko'zda tutilgan.
UnionPay International China UnionPay xalqaro to'lov tizimining shu'ba korxonasi hisoblanadi. UnionPay International tovar va xizmatlar uchun to'lov hamda butun dunyo bo'ylab bankomatlar yordamida naqd pul olish imkoniyatlarini yaratuvchi plastik kartadir. Karta hisob raqami AQSh dollarida va plastik kartani amaliyot qilish ko'zda tutilgan davlatning milliy valyutasida ochilishi mumkin. Rossiya, Qozog'iston, Turtsiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyukbritaniya, AQSh, Frantsiya, Germaniya, Malayziya, Koreya, Yaponiya va Avstraliya kabi davlatlarda ushbu kartani keng kamrovli qabul qilish shaxobchalari mavjud. Hitoydan tovar olib kelayotgan yoki ular xizmatlaridan foydalanayotgan tadbirkorlarga aloxida qulayliklar yaratib beradi.
Hozirgi kunga kelib UnionPay International butun dunyo bo'ylab plastik kartalarini ishlab chiqarish bo'yicha birinchi o'rinni egalaydi – 3,4 mlrd.ga yaqin karta mavjud. Janubiy-Sharqiy Osiyo va Hitoy hududida keng qamrovli xizmat ko'rsatish shaxobchalarining mavjudligi hamda qulay tariflar UnionPay International plastik kartasining o'ziga xos xususiyatlari xisoblanadi.
Ta'kidlab o'tish joyizki, “Hamkorbank” ATB, UnionPay International plastik kartalaridan tashqari, Visa Classic va Visa Gold plastik kartalarini emissiya qiladi. UnionPay International plastik kartalari halqaro doiradagi o'zaro xisob-kitob jarayonida keng imkoniyatlar yaratib beradi.
30.10.2024
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi
25.10.2024
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi
24.10.2024
Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar
“Hamkorbank” ATB mijozlarga UnionPay International xalqaro plastik kartalarini taklif etadi