Overdraft – bu vaqtinchalik pul mablag'lariga extiyoji mavjud bo'lgan jismoniy shaxslar uchun kredit turidir.
Overdraft kreditlarini ustunlik tomonlari
Overdraft kreditlari “Hamkorbank” ATB korporativ mijozlarining ishchi xodimlariga taqdim etiladi.
Kredit shartlari:
Kredit valyutasi – milliy valyuta (so'm);
Kredit miqdori – kredit oluvchining o'rtacha 6 oylik ish xaqi miqdorida, lekin eng kam ish haqining 50 barobaridan ortmagan miqdorda;
Kredit muddati – 12 oy;
Bir marotabalik bank komissiyasi – overdraft limitidan 1,1%;
Kredit ajratilish shakli – kredit oluvchining plastik kartasiga limit qo'yish orqali;
Kredit so'ndirish shakli – kredit oluvchining plastik kartasiga tushgan oylik maoshi yoki boshqa daromadlari hisobidan mablag' kelib tushgan kunning o'zida avtomat ravishda so'ndiriladi. Shuningdek bankdagi karta hisob raqamiga naqd pul topshirilishi orqali so'ndirilishi ham mumkin.
Yillik foiz stavkasi – 22%;
Garov ta'minoti – Bank, yuridik shaxs (korporativ mijoz) va mijoz o'rtasida uch tomonlama tuzilgan kafillik shartnomasi.
Batafsil ma'lumot olish uchun Sizga qulay bo'lgan bo'limiga murojaat qiling yoki 0 800 1-200-200 (0 371 150-91-25) raqamiga qo'ng'iroq qiling.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
“Hamkorbank” ATB overdraft kreditini taqdim etadi