“Hamkorbank” ATB va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o'rtasida kelishuv imzolandi

2018 yilning 9 oktyabr kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillaridan iborat delegatsiya “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankining bosh ofisiga tashrif buyurdi.

YeTTBning Kichik va o'rta biznesni rivojlantirish va moliyalashtirish bo'yicha dasturi rahbari Nadya Petkova boshchiligidagi delegatsiya tarkibida YeTTBning Mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Nodira Mansurova va vakolatxonani etakchi bank xodimlari Muzaffar Hakimov va Sherzod Akbarov ham bor edi.

YeTTB va Hamkorbank o'rtasidagi uchrashuv mobaynida tavakkalchiliklarni taqsimlash mexanizmi vositalari orqali jamg'ariluvchi risklarda qatnashish bo'yicha Kelishuv hamda Tavakkalchiliklarda jamg'arilmaydigan ishtirok bo'yicha Kelishuvlar imzolandi. Imzolangan kelishuvlarning umumiy qiymati 15 million AQSh dollarini tashkil etadi. Mazkur kelishuvlar YeTTB va Hamkorbank o'rtasida tavakkalchiliklarni taqsimlash yo'nalishida yangi bosqichni ochib beradi.

Eslatib o'tamiz, «Hamkorbank» ATB va YeTTB 16 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. Samarali hamkorlik davomida YeTTB bir necha bor Hamkorbankni O'zbekistondagi etakchi va faol hamkor sifatida e'tirof etgan.

АКБ “Hamkorbank” и Европейский банк реконструкции и развития подписали соглашение
АКБ “Hamkorbank” и Европейский банк реконструкции и развития подписали соглашение

Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi