”Hamkorbank” kommunal to’lovlar uchun yangi omonatni joriy etdi

“Hamkorbank” OATB  aholining bankka bo’lgan ishonchini orttirish va ularga qo’shimcha qulayliklar yaratish  maqsadida joriy yilning 14 mart kunidan boshlab saqlash muddati 12 oy, yillik 16 foiz ustama hisobidan daromad to’lash sharti bilan "TEJAMKOR" qisqa muddatli omonat turini joriy qildi.


Omonatga milliy valyuta - sumda mablag’lar qabul qilinadi. Omonatning quyi  va  yuqori summasi cheklanmagan.
Omonat turiga mablag’ qo’yilgan kunning ertasidan boshlab, omonat qoldig’iga yillik 16 foiz hisobidan foiz daromadi hisoblanadi. Hisoblangan foizlar omonat qoldig’iga qo’shib borilmaydi, ya'ni kapitalizasiya  qilinmaydi.
Omonat turi bo’yicha hisoblangan foiz daromadlari  har oy yakunida kommunal to’lovlari uchun naqd pulsiz yo’l bilan o’tkazib beriladi.


"Tejamkor" omonatining afzalliklari: 
- Bank o’z mijozlarini har oyda kommunal to’lovlarni amalga oshirish uchun bankka qatnashdek zaruriyatdan ozod etadi;
- Bank kommunal xizmatlar uchun belgilangan tarif asosida o’z vaqtida to’lovni amalga oshirish mas'uliyatini o’z zimmasiga oladi;
- Omonatchi jamg’arilgan daromad foizi hisobiga omonat muddati yakunida barcha kommunal to’lovlarni har oyda to’lab boradi.


"Tejamkor" qisqa muddatli omonat turiga aholi mablag’larini qabul qilish  "Hamkorbank" OATBning barcha filial va minibanklari orqali yuqoridagi shart va qoidalar asosida amalga oshiriladi.


"Hamkorbank" OATB da depozit hisobvaraqlariga joylashtirilgan pul mablag’lari "Fuqarolarning 
banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuniga 
muvofiq davlat tomonidan himoyalangan. Omonatlar soliq va majburiy to’lovlardan ozod qilinadi, 
mablag’lar manbalari deklerasiya qilinmaydi va bank siri hisoblanadi.

Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi