JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

Hamkorbank Niderlandiya taraqqiyot banki (FMO) bilan kredit liniya taqdim etish bo‘yicha bitim imzoladi

Hamkorbank Niderlandiya taraqqiyot banki (FMO) bilan kredit liniya taqdim etish bo‘yicha bitim imzoladiFMO (Niderlandiya taraqqiyot banki) kichik biznesni moliyalashtirish maqsadida Hamkorbankga 40 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyani taqdim etdi. Yangi kredit liniya mablag‘lari davlatimizda faoliyat olib borayotgan kichik biznes sub'yektlarini faoliyatini kengaytirishga va qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini sotib olish bo‘yicha loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. 

Ushbu kredit liniya shartlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotni keyingi xabarlarimiz orqali bilib oling.

FMO dunyodagi yirik va nufuzli moliya institutlaridan biri hisoblanadi. Bankning FMO bilan hamkorligi 2012 yildan boshlangan. 2012 yildan shu kungacha FMO va Hamkorbank o‘rtasida bir necha bor kredit bitimlari imzolangan bo‘lib, kichik biznes sub'yektlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan. 2014 yildan boshlab esa FMO “Hamkorbank” ATB aktsiyadorlaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Xuib-Djan De Rauter, FMO ning Moliya institutlari bilan ishlash departamenti direktori: "Hamkorbank bilan uzoq muddatli munosabatlarimizni yangi kredit liniyasi bilan yanada kengaytirish va ushbu ajratilayotgan kreditning 50% yashil biznesni moliyalashtirishga mo‘ljallangan. Hamkorbank O‘zbekistondagi yetakchi xususiy bank bo‘lishi bilan bir qatorda o‘zlarini yashil iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlovchi bank sifatida ajralib turadi va biznes yuritish imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qilmokda. Biz kelgusida Hamkorbank bilan uzoq va ishonchli hamkorlikni kutib qolamiz''.

FMO bilan hamkorlik natijasida 400 dan ortiq SME sub'yektlari moliyalashtirildi va ularning liniyalari orqali 2 000 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Kelgusida biz FMO bilan hamkorlikni yanada kuchaytiramiz va yangi loyixalarni moliyalashtirishda yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yamiz.


FMO xaqida

FMO - Niderlandiya Taraqqiyot Banki. Yetakchi investor sifatida rivojlanayotgan mamlakatlar va rivojlanayotgan bozorlardagi xususiy sektorning barqaror o‘sishini qullab-quvvatlaydi, loyihalarni moliyalashtiradi va tadbirkorlarga sarmoyalar kiritadi. FMO 50 yilliik tajribaga ega bo‘lib, kuchli iqtisodiy sektorlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qilishiga ishonadi va odamlarning o‘z imkoniyatlarini ishga solish va xayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. FMO rivojlanishning asosiy 3 ta sektoriga e’tiborini qaratadi. Moliyaviy institutlar, energetika va agrobiznes: ozik-ovkat va suv. Kredit portfeli 9.7 milliard yevroni tashkil qiladi va bugungi kunda 85 ta mamlakat bilan hamkorlik qilmokda. FMO global miqyosda xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha eng yirik banklardan biri hisoblanadi. Ko‘shimcha ma’lumotlarni ushbu saytdan olishingiz mumkin. www.fmo.nl 
Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi