2014 yil 14 yanvar kuni "Moodys Investors Service" xalqaro reyting agentligi OATB "Hamkorbank"ning xalqaro reyt...">

“Hamkorbank”ning reyting bahosi Moody's xalqaro agentligi tomonidan tasdiqlandi

 


http://hamkorbank.uz/www_data/articles/moodys.png" alt="" width="300" height="86" />


2014 yil 14 yanvar kuni "Moodys Investors Service" xalqaro reyting agentligi OATB "Hamkorbank"ning xalqaro reyting baholarini qayta tasdiqladi. 


Unga ko’ra, bankning moliyaviy barqarorlik reytingi E+, milliy valyutadagi depozitlar reytingi B1 hamda xorijiy valyutadagi depozitlar reytingi esa B2, kreditbardoshlilik jihatidan bazaviy bahosi “b1”   deb belgilandi. 

 

Barcha reytinglar bo’yicha prognoz "Barqaror" darajadadir. 

 

Reyting agentligi ekspertlarining ta’kidlashicha,  moliyaviy barqarorlik reytingini belgilashda -  bankning xalqaro moliya institutlari bilan ishonchli va mustahkam munosabatlari, korporativ boshqaruv va tavakkalchiliklarni boshqarishda muayyan tizimning mavjudligi, kichik va o’rta biznes korxonalarini kreditlash yo’nalishi hamda pul o’tkazmalari tizimi bo’yicha kuchli pozitsiyasi; kredit portfelining   barqaror moliyaviy ko’rsatkichlarga ega ekanligi, jumladan, muassasaning likvidlilik va  kapitallashuv darajasining yetarliligi, zimmasidagi moliyaviy mas’uliyatni o’z vaqtida bajarish kabi omillar inobatga olingan.

 

Respublika aholisining kreditga bo’lgan talab va ehtiyojlari  ortishi hisobiga bank kredit portfelining o’sish sur’atlari 2013  yilning yanvar-noyabr oylarida 45%, 2012 yilda 40% ga oshdi. So’ngi yillarda Respublika pul o’tkazmalari bozorida etakchi bo’lib kelayotgan “Hamkorbank”  O’zbekistondagi jami pul o’tkazmalarining 30 % ga egalik qilib kelmoqda.
Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi