2013 yil 22 iyul kuni «Moodys Investors Service» xalqaro reyting agentligi OATB «Hamkorbank»ning xalqaro rey...">
http://hamkorbank.uz/www_data/articles/moodys.png" alt="" width="300" height="86" />
2013 yil 22 iyul kuni «Moodys Investors Service» xalqaro reyting agentligi OATB «Hamkorbank»ning xalqaro reyting baholarini qayta tasdiqladi.
Unga ko’ra, bankning moliyaviy barqarorlik reytingi E+, milliy valyutadagi depozitlar reytingi B1 hamda xorijiy valyutadagi depozitlar reytingi esa B2 deb belgilandi.
Barcha reytinglar bo’yicha prognoz «Barqaror» darajadadir.
Reyting agentligi ekspertlarining ta’kidlashicha, moliyaviy barqarorlik reytingini belgilashda - bankning xalqaro moliya institutlari bilan ishonchli va mustahkam munosabatlari, korporativ boshqaruv va tavakkalchiliklarni boshqarishda muayyan tizimning mavjudligi, kichik va o’rta biznes korxonalarini kreditlash yo’nalishi hamda pul o’tkazmalari tizimi bo’yicha kuchli pozitsiyasi; kredit portfelining barqaror moliyaviy ko’rsatkichlarga ega ekanligi, jumladan, muassasaning likvidlilik va kapitallashuv darajasining yetarliligi, zimmasidagi moliyaviy mas’uliyatni o’z vaqtida bajarish kabi omillar inobatga olingan.
So’nggi yillarda kredit yo’nalishida «Hamkorbank» jadal rivojlandi. Kredit portfelining o’sish sur’atlari 2012 yilda 38%, 2011 yilda 50% ga o’sib, Respublika bank tizimidan yuqori (2012 yilda 13%) ko’rsatkichga erishdi. “Hamkorbank” pul o’tkazmalari amaliyotlari hajmi bo’yicha Respublikada yetakchi o’rinni egallab kelmoqda. 2012 yilda Respublika bo’yicha jami pul o’tkazmalarining 30% miqdordagi hajmi «Hamkorbank»ka tegishli bo’ldi.
05.09.2025
Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi
19.08.2025
Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili
13.08.2025
O‘zbekiston Milliy banki biznes uchun kreditlar miqdorini oshirdi va moliyalashtirish shartlarini soddalashtirdi
«Hamkorbank»ning reytingi Moody's xalqaro agentligi tomonidan tasdiqlandi