Bank omonati – bu mablag‘larni ko‘paytirish bilan birga ularni xavfsiz saqlash va inflyatsiyadan himoya qilish usuli hamdir.
Doimiy daromaddan tashqari omonatning yana qanday afzalliklari mavjud:
E'tiborli jihati shundaki, omonat Bank hisobidan sug‘urta qilinadi, bu esa omonat bo‘yicha foizlar o‘z vaqtida va to‘liq to‘lab borilishi hamda omonat muddati tugaganidan keyin omonatning asosiy summasi qaytarilishi uchun qo‘shimcha kafolat bo‘lib xizmat qiladi.
Foizlar kapitalizatsiyasiga ega omonatlar ommalashib bormoqda. Negaki bunday omonatlar, an'anaviy muddatli omonatlardan farqli ravishda yanada yuqori daromadli sanaladi. Kapitalizatsiyaning afzalligi shundaki, omonat foizlari ham daromad keltiradi.
Endi esa an'anaviy muddatli omonatning kapitalizatsiyali omonatdan farqini yaqqol ko‘rsatib beradigan namuna keltiramiz.

Ko‘rib turganingizdek, kapitalizatsiyaga ega omonatning yakuniy summasi oddiy omonatnikidan 1,9% ga ko’p, ikkala omonatning yillik foiz stavkasi bir xil bo‘lishiga qaramay.
Kapitalizatsiyali omonat, qo‘shimcha badal bilan boyitib borish mumkin bo‘lgan o‘ziga xos pul jamg‘arish vazifasini o‘tashi ham mumkin. Jamg‘arishning bunday usuli belgilangan maqsadga erishish yoki orzuingizdagi xaridlar uchun mablag‘ yig‘ishni tezroq amalga oshirish imkonini beradi.
Hamkorbank moliya bozoridagi 30 yillik faoliyati munosabati bilan Respublika aholisi uchun kapitalizatsiyaga ega omonatni rasmiylashtirish imkonini taqdim etdi. Omonat shartlari ham jozibali:
Omonatni bank ofislarida rasmiylashtirish mumkin.
Hamkorbank omonatlarini rasmiylashtiring - jamg’armalaringiz miqdorini oshiring!
Hamkorbank – 30 yil Siz bilan birga!
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Hamkorbank omonatlari – daromadli va ishonchli!