2018 yilning O‘zbekistonda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi innovatsiya bugungi kunning talabi ekanligini anglatdi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017 yil 16 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida joriy yilning 26 yanvarida ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarning kiritilishi tijorat banklari faoliyatida yangi innovatsion g‘oyalar va zamonaviy xizmatlarni joriy etishga yana bir turtki bo‘ldi. Xususan, masofadan omonatlarga mablag‘lar jalb qilish, omonatlar bilan bog‘liq amaliyotlarni bajarish imkoniyatini beruvchi dasturlar hamda omonat turlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish imkoniyatlari yanada kengaydi.
Bank axborot xizmati
Hammasini telefon orqali boshqarasiz - bankka borish shart emas!