JET: 2025-yilda pulni qayerga tikish afzal – ko‘chmas mulkgami yoki bank omonatigami? Batafsil

“Har bir oila – tadbirkor” Dasturi ijrosi ta’minlamoqda

20.05.2019


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi ijrosida aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” faol ishtirok etmoqda.

Bank Boshqaruvining tegishli qaroriga asosan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni muvofiqlashtiriuvchi maxsus tuzilmalar tashkil qilindi. Xususan, bank markaziy idorasida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maxsus boshqarmasi va uning tarkibida uchta maxsus bo‘lim hamda bank filiallarida Tadbirkorlikni rivojlantirish maxsus bo‘limlari tashkil qilindi. Ushbu bo‘limlar kredit amaliyotlari yuzasidan tajribaga ega bo‘lgan malakali xodimlar bilan butlandi.

Bank tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida bankka biriktirilgan tumanlarda aholi o‘rtasida mikrokreditlar turlari va rasmiylashtirish tartiblari yuzasidan keng qamrovli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

“Har bir oila - tadbirkor” Dasturiga muvofiq 2019 yilning 20 may holatiga, 10 091 nafar oilalarga 206,1 mlrd. so‘m miqdorida, jumladan:

- naslli qoramol sotib olish uchun 2 552 ta oilaga 55,9 mlrd. so‘m;

- qo‘ychilik uchun 600 ta oilaga 10,6 mlrd. so‘m;

- quyonchilik uchun 118 ta oilaga 2,4 mlrd. so‘m;

- asalarichilik uchun 448 ta oilaga 11,1 mlrd. so‘m;

- parrandachilik uchun 990 ta oilaga 16,4 mlrd. so‘m;

- baliqchilik uchun 69 oilaga 2,0 mlrd. so‘m;

- bog‘dorchilik uchun 118 ta oilaga 2,7 mlrd. so‘m;

- issiqxona tashkil qilish uchun 1 339 ta oilaga 28,4 mlrd. so‘m;

- tikuvchilik uchun 1 989 ta oilaga 29,0 mlrd. so‘m;

- hunarmandchilik yo‘nalishida 110 ta oilaga 2,7 mlrd. so‘m;

- qandolatchilik yo‘nalishida 937 ta oilaga 11,4 mlrd. so‘m;

- boshqa tadbirkorlik faoliyatlari uchun 821 ta oilaga 33,5 mlrd. so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratildi.

Dastur ijrosi doirasidagi chora-tadbirlar bank Boshqaruvi rahbariyati tomonidan doimiy nazoratga olingan va bu yo‘nalishdagi ishlar hududlarda tizimli amalga oshirilmoqda.

Bank axborot xizmati

BRB
O'xshash yangiliklar
Qariyalarni moliyaviy firibgarlikdan qanday himoya qilish mumkin? Octobankdan maslahatlar

03.06.2025

Qariyalarni moliyaviy firibgarlikdan qanday himoya qilish mumkin? Octobankdan maslahatlar

Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

30.05.2025

Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

Toshkentda “Digital Uzbekistan” xalqaro PLUS-forumi bo‘lib o‘tadi

26.05.2025

Toshkentda “Digital Uzbekistan” xalqaro PLUS-forumi bo‘lib o‘tadi



Orphus tizimi