JET: Qaysi banklarda kartani bepul olish mumkin? Batafsil

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?

23.01.2026
Iqtisodiy vaziyatdagi birgina o‘zgarish, regulyatorning bitta qarori yoki kutilmagan inqiroz aktivlaringiz qiymatini u yoki bu tomonga o‘zgartirishi mumkin va bu har doim ham foydali bo‘lavermaydi. Bunday yoqimsiz vaziyatdan qanday qochish kerakligi haqida Alpari ekspertlari so‘zlab berishadi.

Yechim — diversifikatsiyada. Bunday yondashuvda siz barcha pullaringizni bir joyda saqlamaysiz, toki biror narsa noto‘g‘ri ketganda, hamma mablag‘ingizni birdaniga yo‘qotmaysiz. Shu orqali ehtimoliy zararlar xavfi butunlay yo‘qolmasa-da, sezilarli darajada kamayadi.

Diversifikatsiyaning mohiyati — yagona «g‘olib» aktivni topishda emas, balki bir komponentning pasayishi boshqasining barqarorligi yoki o‘sishi bilan qisman qoplanadigan mustahkam tuzilmani (konstruksiyani) yaratishdadir.

Masalan, sizda 45 million so‘m bor va siz butun summani qaysidir kompaniya aksiyalariga tikdingiz. Kutilmaganda aksiyalar narxi 50 foizga tushib ketdi va natijada siz jamg‘armangizning yarmini yo‘qotdingiz. Albatta, qimmatli qog‘ozlarni sotib yubormasdan, bozor qayta ko‘tarilishini kutish mumkin. Ammo mablag‘ zudlik bilan kerak bo‘lib qolsa-chi?

Bunga muqobil ravishda diversifikatsiyalangan yondashuvdan foydalanish mumkin, bunda kapital turli aktivlar o‘rtasida taqsimlanadi. Mablag‘larni uch qismga bo‘lish mumkin: birinchi qismi — aksiyalar sotib olishga, ikkinchisi — valyuta vositalari bilan operatsiyalarga, uchinchisi esa — bank depozitiga yo‘naltiriladi. Bunday holda, bir aktiv qiymatining pasayishidan keladigan ehtimoliy zararlar boshqalarining barqarorligi yoki o‘sishi bilan qisman kompensatsiya qilinishi mumkin. Boshqa bozor sharoitlarida esa omonatlar bo‘yicha past rentabellik boshqa segmentlardagi harakatlar bilan muvozanatlanadi.

Jamg‘armalarni shunchaki teng qismlarga bo‘lish — mumkin bo‘lgan yondashuvlardan biri, ammo yagonasi emas.

Birinchi qoida: ko‘p — demak, yaxshi

Jamg‘armalarni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan aktivlar sinflari o‘rtasida taqsimlash kerak. Korrelyatsiya, ya’ni ularning narxlari harakatidagi sinxronlik darajasi minimal bo‘lishi lozim. Bu shuni anglatadiki, portfeldagi aktivlar o‘zini turlicha tutadi. Albatta, ularning barchasi bir vaqtda o‘ssa — bu ideal variant. Ammo har doim ham shunday bo‘lavermaydi. Bir aktiv o‘sayotganda, boshqasi tushishi yoki bir joyda turishi — mutlaqo ishlaydigan sxemadir.

Har bir aktiv sinfi ichida ham diversifikatsiya zarur. Masalan, faqat neft-gaz sektori aksiyalarini sotib olish — bu faqat bitta sohaga tikilgan garovdir. Xomashyo sektoridan tashqari texnologik, moliya, iste’mol va boshqa sohalarni o‘z ichiga olgan portfel ancha barqaror ko‘rinadi.

Xuddi shu tamoyil valyutalarga ham tegishli. Shunchaki dollar yoki yevro sotib olib, ularni depozitga qo‘yish — bu valyuta bo‘yicha diversifikatsiyaning juda passiv shakli. Valyuta bozoridan to‘laqonli diversifikatsiya vositasi sifatida Forexda foydalanish mumkin. Unda valyuta juftliklari bilan savdo qilinadi — ya’ni bir valyutani sotib olish bilan bir vaqtda ikkinchisi sotiladi.

Bu Forexning bankdan shunchaki valyuta sotib olishdan asosiy farqidir. Juftliklar bilan savdo qilib (masalan, EUR/USD yoki GBP/JPY), siz turli mamlakatlar iqtisodiyotining mustahkamlanishi yoki zaiflashishi sharoitida ham ishlay oladigan vositaga ega bo‘lasiz.

Ikkinchi qoida: xavf + barqarorlik

Samarali investitsiya portfelini yaratish — bu har doim muvozanat izlash demakdir. Bir tomonda agressiv, yuqori daromadli vositalar tursa, ikkinchi tomonda konservativ va xavfsiz aktivlar joylashadi. Diversifikatsiya san’ati — ular o‘rtasida to‘g‘ri proporsiyani o‘rnatishdan iborat.

Kapitalning konservativ qismi — obligatsiyalar, oltin, depozitlar — bozor bo‘ronlari davrida ham bardosh beradigan poydevorni shakllantiradi. Tavakkalchilik qismi — aksiyalar, fyucherslar, Forex — kapitalning uzoq muddatli o‘sishi uchun mas’ul bo‘lgan «dvigatel»ga aylanadi.

Portfelning bir qismi xavfsiz poydevor, ikkinchi qismi esa o‘sish manbai bo‘lishi kerak. Ularning o‘zaro nisbati moliyaviy maqsadlar, daromadlar, tavakkalchilikka chidamlilik va yoshga bog‘liq.

Uchinchi qoida: Maqsad har narsadan ustun

Investitsiya gorizontini (muddatini) va shaxsiy maqsadlarni hisobga olish — diversifikatsiyaning muhim qoidasidir. 20 yildan keyin keladigan pensiya uchun olib qo‘yilgan pul va avtomobilning kutilmagan ta’miri uchun yig‘ilgan mablag‘ — bular tabiatan turlicha resurslardir va ularni turlicha boshqarish lozim.

Uzoq muddatli investitsiyalar (pensiya) uchun o‘zgaruvchan (volatil), ammo yuqori daromad keltirishi mumkin bo‘lgan aktivlarning yuqoriroq ulushiga yo‘l qo‘yish mumkin. Qisqa muddatli zaxira (avtomobil) esa narxi bashorat qilinadigan va likvidliligi yuqori bo‘lgan, ya’ni qiymatini yo‘qotmasdan tezda sotish mumkin bo‘lgan vositalarga joylashtirilishi kerak.

To‘g‘ri taqsimlash aynan pul qachon va nima uchun kerak bo‘lishini tushunishga asoslanadi. Bu portfel tarkibini shakllantiradi va qancha miqdordagi xatarli vositalarga yo‘l qo‘yish mumkinligini, qanchasiga esa mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini belgilaydi.

To‘rtinchi qoida: Vaqt — bu pul

Navbatdagi qoida: «Portfeldagi xatarli aktivlarning foizi yoshingizga bog‘liq». Yoshi ulg‘aygan sari ko‘plab investorlar xatarli aktivlar ulushini kamaytiradilar, biroq optimal tuzilma baribir shaxsiy maqsadlar va daromadlarga bog‘liq.

Yoshlik davrida esa, aksincha, insonning bozor pasayishlaridan keyin (bozorning davriyligi sababli baribir sodir bo‘ladigan pasayishlar) o‘zini tiklab olishi uchun ko‘proq vaqti bo‘ladi, shuning uchun u portfelida o‘zgaruvchan aktivlarning ko‘proq bo‘lishiga ruxsat berishi mumkin.

Beshinchi qoida: Nazorat va rebalansirovka

Sizning portfelingiz — dinamik (harakatdagi) tuzilmadir. Aktivlar turlicha tezlikda o‘sadi, bozorlar o‘z sikllaridan o‘tadi, ba’zi vositalar keskin ko‘tarilsa, boshqalari vaqtincha pasayadi. Natijada, xatarli va konservativ aktivlar o‘rtasidagi sinchkovlik bilan o‘ylangan dastlabki nisbat o‘zgara boshlaydi.

Shu sababli, vaqti-vaqti bilan investitsiyalarni qayta ko‘rib chiqish va qayta taqsimlash kerak. Rebalansirovka xatar darajasini nazorat qilishga yordam beradi, biroq u bozor vaziyatini hisobga olishni talab qiladi.

Oltinchi qoida: Hissiyotlarga «yo‘q» deng

Hissiy diversifikatsiyadan qoching. Pul yo‘qotish qo‘rquvi, hatto vaziyat talab qilmasa ham, insonni haddan tashqari konservativ vositalarga o‘tib olishga majbur qiladi. Bozor o‘sishidan sarmast bo‘lish (eyforiya) esa xatarlarni baholamasdan agressiv aktivlarga tikilishga undaydi. Do‘stingizning muvaffaqiyatini takrorlash istagi esa sizga umuman mantiqi tanish bo‘lmagan aktivlarni sotib olishga olib keladi.

To‘g‘ri diversifikatsiya har doim shaxsiy strategiyaga asoslanadi: sarmoya kiritish muddatlarini, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatar darajasini va moliyaviy ustuvorliklarni tushunish shular jumlasidandir.

Yettinchi qoida: Muntazamlik

Mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlab, keyin ularni shunchaki unutib qo‘yish — noto‘g‘ri yo‘l.

Portfelingizni muntazam ravishda — oyiga bir marta — to‘ldirib borish zarur. To‘ldirish summasi sizning moliyaviy imkoniyatlaringizga bog‘liq. Avvaliga bu daromadning hech bo‘lmaganda 5 foizi bo‘lishi mumkin, keyinchalik moliyaviy farovonligingiz oshgan sari, bu «ajratmalar» foizi ham o‘sib borishi mumkin.

Ushbu summani aynan qayerga yo‘naltirishingiz bozor harakatiga bog‘liq. Masalan, aksiyalar yoki valyutani narx pasaygan davrda, o‘sish davridagiga qaraganda faolroq sotib olish mantiqan to‘g‘ri, va aksincha.

Turli vositalar turlicha ishlaydi va aynan shu narsa diversifikatsiyani juda muhim qiladi. Ba’zi vazifalar uchun bank mahsulotlari, boshqalari uchun — valyuta juftliklari bilan savdo qilish, uchinchisi uchun esa fond bozori mos keladi.

Alpari’da 750 dan ortiq vositalar mavjud. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va kutib olish bonusiga ega bo‘ling.





O'xshash yangiliklar
So‘m o‘z pozitsiyalarini boy berdi, ammo bu uzoq davom etmaydi

01.02.2026

So‘m o‘z pozitsiyalarini boy berdi, ammo bu uzoq davom etmaydi

O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

28.01.2026

O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

So‘mning mavqei barqaror saqlanib qolmoqda

15.01.2026

So‘mning mavqei barqaror saqlanib qolmoqda



Orphus tizimi