Hujjatlar kreditlarning qaytish xavfsizligini ta’minlaydi

26.01.2021

Bu haqda kuni kecha Xalq bankining “Bankirlar trening maktabi”da bo‘lib o‘tgan “Kredit yig‘majildlarini markazlashgan holda saqlash va boshqarmaga topshirish” mavzusidagi seminar-treningda ta’kidlab o‘tildi.

Xalq banki hududiy filiallarida kredit yig‘majildlarini markazlashgan holda saqlash yuzasidan mas’ul xodimlar bilimini oshirishga qaratilgan seminarda bankning hududiy filiallari Kredit monitoringi va muammoli kreditlar bilan ishlash bo‘limi boshliqlari ishtirok etdi.

Seminar-treningda Kredit yig‘majildlarini markazlashgan holda saqlashni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i A. Erkinov, Kreditlar monitoringi va muammoli kreditlar bilan ishlash departamentidan Z. Yakubov  va Risk tahlili va stress-testlash departamenti  direktori B. Alimovlar tomonidan “Kredit yig‘ma jildlarini Markaziy apparatga keltirishda mas’ullarning roli”, “Ehtiyotsizlik oqibatida shikast yetkazilgan yoki yo‘qotilgan kredit yig‘majild hujjatlarini qayta tiklash yuzasidan tushunchalar berish” mavzularida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Bank Axborot xizmati

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik

23.04.2026

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik



Orphus tizimi