Xalqaro HUMAN UP forumi — bu biznes yetakchilari, HR mutaxassislari, davlat tuzilmalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari inson kapitalining kompaniyalar, mamlakatlar va butun mintaqa uchun qanday qilib strategik ustunlikka aylanayotganini muhokama qiladigan maydondir.
Transformatsiyalar davrida kompaniya muvaffaqiyati texnologiyalar emas, insonlar orqali belgilanadi. HUMAN UP — qadriyat yaratadigan, jamoalarni ilhomlantiradigan va yetakchilik kelajagini shakllantiradigan insonlarni birlashtiradi.
Forum dasturida:
— Panel sessiyalar — boshqaruv kelajagi, davlat va biznes hamkorligi, inson kapitalini rivojlantirish haqida.
— Business Growth Academy professori Leyla Asilbekovaning “Ongli yetakchilik – qadriyatlar orqali boshqaruv” mavzusidagi master-klassi (xalqaro ITC ILO sertifikatlari bilan).
— O‘zbekiston Ish beruvchilar konfederatsiyasi va Xalqaro trening markazi tomonidan top-menejerlar va rahbarlar uchun vorkshop (sertifikatlash – ITC ILO).
— HUMANergy Award Central Asia — Insonlar bilan ishlash, yetakchilik, korporativ madaniyat, ta’lim va barqaror rivojlanish yo‘nalishlaridagi eng yaxshi loyihalar va tashabbuslar tanlovi.
Bu — biznes, davlat tuzilmalari, nodavlat tashkilotlar va ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashish uchun yaratilgan platformadir..
— Open Talks va HR-munozaralar — Employee Experience, Wellbeing, tashkiliy madaniyat bo‘yicha so‘nggi trendlar.
— Networking va kechki qabul — muloqot, hamkorlik va yangi g‘oyalarning energiyasi.
Forum hamkorlari:
Lavorosolutions, O‘zbekiston Ish beruvchilar konfederatsiyasi, WE Project va Markaziy Osiyoda yetakchilik hamda inson kapitalini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydigan boshqa tashkilotlar.
Sana: 2025-yil 30-oktabr
Joy: Hilton Tashkent City, Toshkent shahri
HUMAN UP — bu shunchaki forum emas. Bu ongli yetakchilik, inson rivoji va barqaror kelajak uchun harakat.
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
23.04.2026
Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.
HUMAN UP 2025 – Yangi yetakchilik forumi