ATB “Qishloq qurilish bank”ning “QQB-mobile” mobil ilovasi tobora ommalashib bormoqda.
Shu kunlarda ushbu dasturdan foydalanuvchilar uchun yana bir qulaylik yaratildi. Endilikda “Qishloq qurilish bank”ning HUMO plastik kartasiga ega bo‘lgan fuqarolar ham “QQB-mobile” ilovasi orqali turli amaliyotlarni bajarishlari mumkin.
Xususan, HUMO plastik kartasi egalari dastur yordamida:
- Turli to‘lovlarni amalga oshirishi;
- “Onlayn-konversiya” xizmatidan foydalanishi;
- Kreditlar uchun to‘lov qilishi;
- Bir plastik kartadan boshqa plastik kartaga mablag‘ o‘tkazishi (HUMO-UZCARD/UZCARD-HUMO) mumkin.
Hozirgacha faqatgina UZCARD plastik kartalari egasi bo‘lgan mijozlar ushbu zamonaviy dasturdan foydalanib uyali aloqa operatorlari, shahar telefoni, internet provayderlar, raqamli televideniye xizmatlari, iste’mol va ipoteka kreditlari uchun to‘lovlarni hamda kommunal to‘lovlarni, Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi jarima to‘lovlarini amalga oshirib kelayotgan edilar.
HUMO kartasi egalari uchun “QQB-mobile” dasturi orqali amaliyotlarni bajarish imkoniyatining paydo bo‘lishi mijozlarning vaqtini tejaydi va ularga qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
Kelgusida mazkur mobil ilova yanada takomillashtiriladi va yangi masofaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi.
Eng muhimi shundaki, bank tomonidan joriy etilayotgan bu kabi yangiliklarning barchasi aholiga va mijozlarga ko‘rsatilayotgan zamonaviy bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirishni ko‘zlaydi.
“QQB-mobile” ilovasidan foydalaning va qulayliklardan bahramand bo‘ling!
Ilovani quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin:
App Store (iOS)
Google Play (Android)
Videoga havola:
https://www.youtube.com/watch?v=j7_h9gaZMls
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
23.04.2026
Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.
23.04.2026
Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik
HUMO kartasi egalari uchun yana bir qulaylik!