JET: Qaysi bankda ikkilamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

HUMO mamlakatda SUNMI to‘lov terminallarining eksklyuziv yetkazib beruvchisi deb tayinlandi

25.07.2025

– HUMO O‘zbekiston milliy to‘lov tizimi va dunyoda mashhur innovatsion to‘lov yechimlari yetkazib beruvchisi – Sunmi kompaniyasi strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolangani haqida e’lon qildilar. Hamkorlikning asosiy maqsadi – to‘lovlar raqamlashuvini jadallashtirish va butun mamlakat bo‘ylab biznes uchun imkoniyatlarni kengaytirish.

- Hamkorlikning asosiy elementi HUMO O‘zbekiston hududida Sunmi to‘lov terminallari (acceptance devices)ning eksklyuziv yetkazib beruvchisi maqomiga erishgani bo‘ldi. Bu holat HUMO O‘zbekiston banklari va korxonalari uchun zamonaviy Sunmi to‘lov jihozlarini yetkazib beruvchi hamda ularning xavfsizligini va turli to‘lov usullari samarali qabul qilinishini ta’minlaydigan yagona kompaniya bo‘lishini anglatadi.

Hamkorlik HUMOning mahalliy bozordagi chuqur ekspertlik maqomini, rivojlangan infratuzilmani va ilg‘or texnologik yechimlarga ega merchantlar keng tarmog‘ini hamda Sunmining to‘lovlarni qabul qilish borasidagi global tajribasini birlashtiradi. Hamkorlik doirasida quyidagilar kompaniyalarning diqqat markazida bo‘ladi:

1. Innovatsiyalarni joriy qilish: Eng yangi to‘lov texnologiyalarini ilgarilatish.

2. Moliyaviy hammaboplikni oshirish: oldin yetarlicha qamrab olinmagan segmentlarda korxonalarga raqamli to‘lov vositalarini taqdim etish.

3. Mijoz tajribasini yaxshilash: Ham xaridorlar, ham sotuvchilarni tezkor, ishonchli va qulay tranzaksiyalar bilan ta’minlash.

Дизайн без названия (14).png

HUMOda yetkazib beruvchilarni tanlash bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilib, to‘lov jihozlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisida to‘xtalindi. O‘zbekiston bozoriga ilg‘or va eng zamonaviy jihozlar zarur va ular endi HUMO tufayli kirib keladi.

Eksklyuziv yetkazib beruvchi maqomi HUMOga merchantlarimizga eng yaxshi shartlarda o‘z toifasida yetakchi bo‘lgan terminallarni, shuningdek to‘lovlarni o‘tkazish uchun yangi imkoniyatlarni taklif etish imkonini beradi, bu esa mamlakatda naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi.

Yer usti ekvayring parkini to‘liq yangilash maqsadida to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishga 20 million AQSH dollari miqdorida bosqichma-bosqich sarmoya kiritish rejalashtirilgan.


O'xshash yangiliklar
Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

05.09.2025

Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

19.08.2025

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

2025-yil birinchi yarim yilligi yakunlari: Octobank ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi va hamkorliklarning kengayishi

12.08.2025

2025-yil birinchi yarim yilligi yakunlari: Octobank ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi va hamkorliklarning kengayishi



Orphus tizimi