HUMO terminallari orqali kontaktsiz to‘lovlarni qanday qabul qilish mumkin?

Hurmatli tadbirkorlik sub'yektlari. Sizlardan HUMO terminallari orqali kontaktsiz to‘lovlarni qanday qabul qilish bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Shu sababli HUMO terminallaridan foydalanish yuzasidan qisqa qo‘llanmani e’tiboringizga havola etishga qaror qildik.

  1. Savdo terminali orqali kontaktsiz to‘lovlarni qabul qilish uchun terminalning «0» tugmasi bosiladi.
  2. Ekranda «0 — oplata» va «1 — balans» menyusi ko‘rinadi.
  3. «0» tugmasini tanlab, zarur summa kiritiladi va yashil tugma bosiladi.
  4. Ekranda «NFC» belgisi ko‘rinadi, mijoz kartani shu belgiga tekkizishi kerak.
  5. Agar summa 50 000 so‘mdan yuqori bo‘lsa, PIN-kod kiritish talab etiladi.



«Sverka itogov» bu — savdo terminali orqali amalga oshirilgan tushumlarni bank hisob raqamiga o‘tkazishdir. Uni amalga oshirish uchun:

  • Terminaldagi oq tugma bosiladi. Ekranda kassir menyusi paydo bo‘ladi.
  • «1» tanlangandan keyin «Smena zakrita» yozuvi chiqadi.
  • «Sverki itogov» qilinganidan so‘ng savdo tushumi bank hisob raqamida aks etadi.


Yana savollar tug‘ilgan bo‘lsa, 0 800 1-200-200 raqami orqali ularga bajonidil javob berishga tayyormiz.


Hamkorbank barchangizga salomatlik tilaydi, o‘zingizni ehtiyot qiling! 
Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

16.04.2026

Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

13.04.2026

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi



Orphus tizimi