2014 yil 11 oktyabr kuni soat 9:00 da "Hamkorbank" ochiq aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi bo'lib o'tadi. Yig'ilish Andijon shaxar, Bobur shoh ko'chasi, 53-uyda joylashgan "Hamkor" biznes markazida o'tkaziladi.
Bank aksiyadorlarining umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar ro'yxati 2014 yil 7 oktyabr kun holatiga tuziladi.
Umumiy yig'ilish kun tartibi:
1. Bank Kengashining yangi tarkibini saylash.
2. Bank Kengashining xarajatlar smetasini tasdiqlash.
3. Bank Taftish komissiyasining yangi tarkibini saylash.
4. E'lon qilingan aktsiyalar doirasida qo'shimcha aktsiyalar chiqarish bo'yicha qaror qabul qilish vakolatini bank Kengashiga berish.
5. Bank aksiyalarining nominal qiymatini oshirish orqali ustav kapitalini ko'paytirish uchun bankning taqsimlanmagan foydasidan mablag' ajratish.
6. Bank nomini o'zgartirish.
7. Bank Ustavining yangi tahririni tasdiqlash.
8. "Bank aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi" to'g'risidagi Nizomni yangi tahririni tasdiqlash.
9. "Bank Kengashi" to'g'risidagi nizomning yangi taxririni tasdiqlash.
10. "Bank Boshqaruvi" to'g'risidagi Nizomning yangi tahririni tasdiqlash.
11. "Bank taftish komissiyasi" to'g'risidagi Nizomning yangi tahririni tasdiqlash.
* Umumiy yig'ilishga oid xujjatlar bilan tanishish uchun bankning Bosh ofisiga murojaat qilishingiz mumkin. Manzil: Andijon viloyati, Andijon shaxar, Bobur shoh ko'chasi, 85 uy.
* Umumiy yig'ilish qatnashchilarini jismoniy shaxs bo'lgan xolda pasport, yoki vakili qatnashgan holda esa notarial tarzda taqdim qilingin ishonchnomaga asosan, yuridik shaxs bo'lgan holda esa ularni vakllari qo'shimcha ravishda ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi. Aksiyadorlarni ro'yxatga olish soat 8:00 dan boshlanadi.
Ma'lumot uchun telefonlar: (8 374) 298-04-33; 8 800 1-200-200 ichki 451.
"Hamkorbank" OATB Kengashi
05.09.2025
Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi
19.08.2025
Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili
13.08.2025
O‘zbekiston Milliy banki biznes uchun kreditlar miqdorini oshirdi va moliyalashtirish shartlarini soddalashtirdi
2014 yil 11 oktyabr kuni soat 9:00 da "Hamkorbank" ochiq aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi bo'lib o'tadi