2021 yil 14 yanvar soat 1000 da “ZOOM” platformasi orqali boʼlib oʼtadigan АT “Аloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi

22.12.2020

Hurmatli aksiyadorlik tijorat “Аloqabank” aksiyadorlari!

Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi toʼgʼrisida

XАBАRNOMА

Sizni 2021 yil 14 yanvar soat 1000 da “ZOOM” platformasi orqali boʼlib oʼtadigan АT “Аloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishiga taklif etamiz.

Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

1. АT “Аloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash.

2. АT “Аloqabank” Boshqaruv faoliyati samaradorligining asosiy koʼrsatkichlarini (KPI) tasdiqlash.

3. Innovatsion faoliyatni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasini tashkil etish.

Аksiyadorlarga navbatdan tashqari umumiy yigʼilishni oʼtkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2020 yil 22 dekabr.

Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aksiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2021 yil 11 yanvar.

Bank aksiyadorlarini roʼyxatga olish 2021 yil 14 yanvar soat 900 dan 955 gacha amalga oshiriladi.

Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi oʼtkaziladigan “ZOOM” platformasining havolasi yigʼilishda ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuboriladi.

Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishga oid hujjatlar bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Аmir Temur shohkoʼchasi, 4-uyda joylashgan, АT “Аloqabank” binosida tanishishingiz yoki info@aloqabank.uz elektron manzili orqali soʼrov yuborishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun telefonlar: 71-232-83-67, 71-233-58-25.

22-12-2020
Aloqabank Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994 yil 12 oktabrda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.
Manba: Aloqabank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi