JET: Qaysi banklar rasmiy daromadsiz eng past foizli mikroqarzlar taqdim etadi? Batafsil

Dunyo miqyosida turli firibgarlik holatlari tobora kuchayib borayotganligi sababli «Hamkorbank» ATB Sizni xavfdan xoli etuvchi qo‘yidagi qoidalarga amal qilishingizni so‘raydi

05.03.2021
Dunyo miqyosida turli firibgarlik holatlari tobora kuchayib borayotganligi sababli «Hamkorbank» ATB Sizni xavfdan xoli etuvchi qo‘yidagi qoidalarga amal qilishingizni so‘raydi:

  1. SMS-xabarnoma xizmatini albatta faollashtiring;
  2. Bank kartangiz ma’lumotlarini doimiy kuzatib borish uchun uni «Hamkor Mobile» mobil ilovasiga biriktirib oling;
  3. Bankning mobil ilovasi yordamida xalqaro bank kartangiz uchun 3D secure xizmatini yoqtirib oling;
  4. Turli saytlarda e’lon berganingizda bank kartasi tasvirini biriktirmang; 
  5. Hech kimga, hatto bank xodimlariga ham kartangiz ma’lumotlarini, ayniqsa, xalqaro karta ma’lumotlari — PIN va CVV kodlarni aytmang;
  6. Kartaning paroli sifatida to‘rtta bir xil raqam yoki tug‘ilgan yilingizni tanlamang;
  7. Odamlar gavjum joylarda bank kartasidan ochiq holda foydalanmang;
  8. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan shubhali aktsiyalarga ishonmang va bank kartasini ilovalardan o‘tkazish chog‘ida SMS-xabar orqali yuborilgan tasdiq kodlarini begona shaxslarga oshkor qilmang.


Unutmang, karta sizning hamyoningizdir. U bilan bog‘liq ma’lumotlarni oshkor qilmang.

Asabingiz va mablag‘laringizni asrang!

Hamkorbank — 30 yil Siz bilan birga!
Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
Uznetix Invest - investitsiya orqali pul ishlash haqida kurs

05.11.2025

Uznetix Invest - investitsiya orqali pul ishlash haqida kurs

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

17.10.2025

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

13.10.2025

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi



Orphus tizimi