Hurmatli mijozlar! Ijtimoiy masofa saqlashni yodingizdan chiqarmang va masofaviy bank xizmatlaridan foydalaning

Xabaringiz bor, Respublikamiz hududlarida bosqichma bosqich karantin cheklovlari yumshatilib kelinmoqda. Hamkorbank filiallari va bank qoshidagi mini bank, bank xizmatlari markazlari hamda 24/7 ofislari Sizga yuqori sifatli xizmatlarni ko‘rsatishda davom etadi. 

Karantin cheklovlari yumshatilishiga qaramasdan bankka tashrifingiz davomida tibbiyot niqobida bo‘lishingizni, ijtimoiy masofani saqlagan holda navbat kutishingizni Sizdan iltimos qilib qolamiz.

Xozirgi kunda Hamkorbankning barcha ofislarida virusni oldini olish hamda qulay tarzda bank xizmatlaridan foydalanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan, jumladan xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha pul mablag‘larini aholiga tarqatish hamda bankomatlardan naqd pul yechib olish jarayonida bankning barcha filiallarida yetarli darajada naqd pul mablag‘lari bilan ta’minlangan.

“Hamkor mobile” ilovasi orqali “Золотая Корона” pul o‘tkazmasidan yuborilgan mablag‘larni bank xorijiy plastik kartalariga va barcha banklar so‘m plastik kartalariga qabul qilish orqali Siz filiallar va bank ofislarida navbat kutib vaqtingizni tejashingiz mumkin.  

Har bir inson o‘z xavfsizligi bo‘yicha avvalom bor o‘zi qayg‘urishi kerak, sog‘ligingizni hatarga qo‘ymang, o‘zingizni ehtiyot qiling!

Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi