Hurmatli mijozlar!

24.03.2020

"ASIA ALLIANCE BANK" ATB Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga va Koronavirus bo'yicha Maxsus Respublika komissiyasining talablariga muvofiq hamda jamiyat oldidagi ijtimoiy majburiyatlarni bajarish uchun quyidagilarni ma'lum qiladi:

·  Bank xizmat ko’rsatish ofislarida xodimlarning eng kam soni bilan xizmatlarni taqdim etishda davom etmoqda, aksariyat xodimlar masofadan turib ish rejimiga o'tkazildi yoki ta'tilga chiqarildi. Shu bilan birga, bankning to'liq ishlashini ta'minlash va bank xizmatlarining barcha turlarini taqdim etish uchun etarli miqdorda malakali xodimlar bank ofislarida ishlamoqda;

· "ASIA ALLIANCE BANK"ATB infektsiya tarqalishining oldini olish maqsadida mijozlarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) bank ofislariga tashriflar sonini kamaytirishni va masofaviy bank kanallaridan, shu jumladan Internet-banking, “MYALLIANCE” mobil ilovasi, bankomatlar va bankning avtomatlashtirilgan depozit mashinalaridan foydalanishni tavsiya qiladi;

· Tushlik vaqtida va zaruriyatga qarab, dezinfeksiya uchun bank va filiallar binosi vaqti-vaqti bilan yopilishi mumkin;

· Shuningdek, bank jismoniy shaxslar uchun chakana kreditlash operatsiyalarini vaqtincha to'xtatib qo'yganligi haqida xabar beramiz;

· Savollaringiz bo'lsa, +998 71 231 6000 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Vaqtinchalik noqulayliklarni tushunishingizga umid qilamiz.

Uyda qoling!

Asia Alliance Bank Bank faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan 2021-yil 25-dekabrdagi №79-sonli bank operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasi asosida amalga oshiradi.
O'xshash yangiliklar
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

04.03.2026

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi



Orphus tizimi