Plastik kartalardan foydalanish yanada xavfsiz va texnik jihatdan mukammal jarayonga aylanib bormoqda. Lekin firibgarlar taslim bo'lmayapti: ular insonlarning ishonchlaridan va kartalarni ishlatishning asosiy qoidalarini bilmasliklaridan foydalanishmoqda .
Banklar va qonunni muhofaza qiluvchi organlar muntazam ravishda, pulidan ehtiyotsizlik oqibatida mahrum bo'lgan fuqarolardan arizalarni qabul qilmoqlar. Firibgarlar qanday usullardan foydalanishlari va ularning tuzog'iga qanday qilib tushmaslikni sizga tushuntirib o'tamiz.





So'nggi vaqtlarda firibgarlik holatlari tez-tez quloqqa chalinmoqda, shu sababli sizlarni ham hushyorlikni oshirishga chaqirib qolamiz.
O'zingizni firibgarlardan himoya qilish uchun quyidagi tavsiyalarimizga qat'iy rioya qilishingizni so'raymiz:
Uzcard yoki banklar karta raqamini, PIN-kodni yoki SMS bo'yicha tasdiqlashni bilish uchun hech qachon mijozlarga qo'ng'iroq qilmaydi.
Firibgarlar turli narsalarni bahona qilib, o'zlarini bank yoki Uzcard xodimlari bo'lib tanishtirishlari mumkin. Ularning maqsadi — kartangizdan pullarni echib olish. Agarda sizga bunday qo'ng'iroq kelib tushgan bo'lsa, e'tibor bermang.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
IIV va UZCARD ogohlantiradi: firibgarlardan ehtiyot bo'ling!