Imtiyozli kredit olish uchun bankka kelish shart emas!

18.02.2022
18.02.2022    Mikrokreditbank tomonidan aholini daromad manbaini kengaytirish va bandligini taʼminlash maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratish davom etmoqda. Endilikda imtiyozli kreditlar yagona elektron platforma (oilakredit.uz) sayti orqali hokim yordamchisining tavsiyasi asosida aholiga barcha bosqichlarda onlayn tarzda skoring qilish orqali ajratish boshlandi. Imtiyozli kreditlar: aholiga (jismoniy shaxs) 33 mln.soʼmgacha boʼlgan miqdorda yillik 14 % foiz stavkada, yuridik shaxslarga (davlat roʼyxatidan oʼtgan) 225 mln.soʼmgacha boʼlgan miqdorda yillik 14 % foiz stavkada, 3 oydan 6 oygacha boʼlgan imtiyozli davr bilan,  bogʼdorchilik, uzumchilik, limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yil muddatgacha;  chorvachilik (qoramol, qoʼy, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yoʼnalishi) uchun - 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yil muddatgacha; bunda, chorvachilikka kreditlar ustuvor ravishda kamida 10 dan 50 boshgacha chetdan keltirilgan naslli chorva mollarini (qoramol, qoʼy, echki) boqish uchun kichik fermalarni tashkil etishga beriladi. Dasturlar doirasida ilgari ajratilgan kredit mablagʼlari boʼyicha mavjud qarzdorligi toʼliq soʼndirilmagan, shuningdek, avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalangan qarz oluvchilarga ushbu dasturlar orqali kredit ajratilishiga ruxsat etilmaydi. Mikrokreditbank bilan oʼz tadbirkorlik faoliyatingizni boshlash va rivojlantirishni davom ettiring!
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.



Orphus tizimi