Bank tomonidan aholiga plastik kartochkalar orqali to‘lovlarni amalga oshirida yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida may-iyun oyi davomida qo‘shimcha 30 dona infokiosklar keltirilib, birinchi navbatda barcha filiallar ta’minlangan bo‘lsa, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida aholi gavjum joylar, savdo majmualari, supermarketlarga joylashtirildi.

Bugungi kunda, bankning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi infokiosklar tarmog‘i 91 ta infokiosk va 5 dona bankomatlardan iborat. Foydalanilayotgan mazkur jihozlar orqali plastik kartochkalar to‘g‘risida ma’lumot olish hamda turli to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari mavjud. Ushbu tarmoq orqali qo‘shimcha bank xizmatlarini joriy etish maqsadida jismoniy shaxslarning bankdan olingan kreditlarning asosiy qarz va foizlari uchun tulovlarni qabul kilish tizimini yo‘lga qo‘yilgan.
Joriy yil ohiriga qadar mazkur tizimni yanada kengaytirish hamda ular orqali ko‘rsatiladigan xizmat turlarini ko‘paytirish ustida ish olib borilmoqda.
Shuningdek, yangi zamonaviy informatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, bir jismoniy shaxsning plastik kartochkasidan boshqa bir jismoniy shaxsning plastik kartochkalariga “on-line” rejimida mablag‘ o‘tkazish imkoni beruvchi tizim P2P-to‘lovlar (PayMe) yo‘lga qo‘yildi.
P2P to‘lovlar – masofadan ko‘rsatiladigan bank xizmatlar tizimi va boshqa internetdagi maxsus saytlar, mobil ilovalar, infokiosk va bankomatlar orqali bir jismoniy shaxsning plastik kartochkasidan boshqa jismoniy shaxsning plastik kartochkasiga o‘tkazish imkonini beruvchi tizimi hisoblanadi.
Bank axborot xizmati
01.02.2026
So‘m o‘z pozitsiyalarini boy berdi, ammo bu uzoq davom etmaydi
28.01.2026
O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi
23.01.2026
Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?
Infokiosklar aholi xizmatida