INFOKIOSKLAR YANADA KO’PAYDI

23.05.2013

Hozirda jismoniy shaxslarga keng ko’lamdagi bank xizmatlarini uchun infokiosklardan foydalanish zamonaviy va samarali yechim hisoblanadi.

Informatsion-to’lov terminallarining bank uchun foydali tomoni amaliyot xodimlarining ishini osonlashtirish va albatta navbatni kamaytirishdan iborat. Mijoz uchun esa to’lovni amalga oshirish vaqtini tejaydi va o’zi uchun qulay paytda xizmatlar uchun to’lovni amalga oshirish imkoniyatini beradi.

«Hamkorbank» OATB Resbulikamiz bo’ylab aholi uchun qulay bo’lgan jamoat joylariga infokiosklarni o’rnatilishi bo’yicha eng faol moliya muassasalaridan biridir. 2013 yilda «Hamkorbank» infokiosklar soni qariyb 3 barobar ko’paydi.  Bank infokiosklari ayni paytda ham plastik karta, ham naqd pulda quyidagi amaliyotlarni bajarish imkoniyatiga ega:

•    Kommunal to’lovlar va shahar telefonlari uchun to’lov;
•    Mobil telefon balansini to’ldirish;
•    Kabel TV hamda internet to’lovi;
•    Kredit qarzi to’lovi va hisob bo’yicha qoldiqni bilish;

«Agar 2012 yilda  infokiosklar asosan bank filial ofislarida joylashgan bo’lsa, 2013 yilda tarmoq sezilarli darajada  kengaydi. Hozirda ularning ko’p qismi bizning hamkorlarimiz bo’lgan yirik savdo do’konlari, korxonalarda o’rnatilib, mijozlarimiz uchun qulay vaqtda va qulay joyda zarur amaliyotlarini amalga oshirishi imkoniyatini bermoqda», - deydi Chakana Biznes Departamenti direktori M. Atabayev.

Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi