Prezidentimizning tegishli qaroriga ko‘ra, Markaziy bank va tijorat banklari zimmasiga QR-kod orqali to‘lovni amalga oshirishning standartlashtirilgan va universal tizimini joriy etish vazifasi yuklatilishini ayni shu zarurat mahsuli, deb izohlash mumkin.
Xalq banki innovatsion va moslashuvchan moliya muassasasi sifatida bu vazifa ijrosini paysalga solgani yo‘q. Qisqa muddatda “QR-online” tizimini amaliyotga joriy etdi. Hozir bankning barcha mijozlari mazkur tizimidan samarali foydalanishmoqda.
Xo‘sh, “QR-online” tizimi qanday afzalliklarga ega?
Masalan, bir mijozning bankda hisob raqami bor va o‘sha hisob raqamdagi mablag‘laridan savdo do‘konining QR-kodini telefoni orqali skaner qilgan holda to‘lovni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu plastik kartochkangiz yoningizda bo‘lmasa-da, to‘lov qilishingiz mumkin, deganidir.
Bu tizim tadbirkorlar uchun ham qulay. Qanday, deysizmi? Misol uchun, savdo do‘koni bor tadbirkorning hisob raqami Xalq bankida, uning xaridorlari QR-kod orqali amalga oshirgan to‘lov to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadbirkorning hisob raqamiga kelib tushadi.
Bank Axborot xizmati
11.03.2026
5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri
04.03.2026
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi
26.02.2026
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda
Innovatsion bankning yangi xizmat turi