JET: Qaysi banklar rasmiy daromadsiz eng past foizli mikroqarzlar taqdim etadi? Batafsil

Ipoteka-bank tomonidan bankning xalqaro yevrobond investorlari uchun global investor-call oʼtkazildi.

01.01.1970
Ipoteka-bank joriy yilning 25 may kuni J.P. Morgan (АQSh) tomonidan tashkillashtirilgan “Rivojlanayotgan bozorlar qarz qimmatli qogʼozlari” boʼyicha konferensiya doirasida bank yevrobondlariga egalik qiluvchi va boshqa potentsial investorlar uchun global investor-call oʼtkazdi.



Video-muloqot tarzida oʼtkazilgan uchrashuvlarda xalqaro investitsion fondlar va yirik banklarning 18 nafardan ortiq vakillariga Ipoteka-bankning strategiya va transformatsiyasi, bank faoliyati va moliyaviy natijalari, kredit portfeli sifati va soʼnggi oʼzgarishlar toʼgʼrisida taqdimot shaklida batafsil axborot berildi, ular tomonidan qiziqish bildirilgan savollar atroflicha muhokama qilindi.



Qayd etish lozimki, Ipoteka-bank bu kabi global investor-call uchrashuvlarini muntazam oʼtkazib borishni maqsad qilib olgan boʼlib, faol xalqaro emitent sifatida, shaffoflik va hisobdorlikni yanada oshirishni, aniq maqsadni koʼzlagan holda moliya bozorida oʼz mavqeini mustahkamlashni hamda salohiyatli investorlarning geografik bazasini kengaytirishni davom ettiradi.



Eslatib oʼtamizki, ilk marotaba, 2020 yilning noyabr oyida, Ipoteka-bankning 300 million AQSh dollari miqdoridagi, 2021 yil aprelda milliy valyutadagi 75 million АQSh dollari ekvivalentidagi yevroobligatsiyalari xalqaro kapital bozoriga muvafaqqiyatli joylashtirilgan edi.
Ipoteka bank Ipoteka-Bank missiyasi — oʼz aktsiyadorlari va bank mijozlari uchun eng yuqori darajadagi iqtisodiy qadriyatlarni yaratishdan iborat. Mijozlarga xizmat koʼrsatishning yuqori sifati va tanlangan bozorlardagi yetakchilik, kelajakdagi bank muvaffaqiyati uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Manba: Ipoteka bank
O'xshash yangiliklar
Uznetix Invest - investitsiya orqali pul ishlash haqida kurs

05.11.2025

Uznetix Invest - investitsiya orqali pul ishlash haqida kurs

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

17.10.2025

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

13.10.2025

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi



Orphus tizimi