Ipoteka-bankning bolalar bank kartasi bilan farzandingiz o'z xarajatlarini boshqarishni o'rganadi.

05.05.2023

Naqd pulni o'zingiz bilan olib yurishdan ko'ra bank kartasida saqlash ancha qulay va xavfsizdir. Ayniqsa bolalar uchun bu ayni mudao.

Farzandingiz uchun bolalar kartasini ochish foydalaridan biri - uni mustaqil va ongli xaridlarni amalga oshirishga o'rgatishdir. Farzandlaringizga esa pulning qadrini tushuntirish va uni oqilona boshqarishga o‘rgatish kifoya.

Ho’sh bolalar kartasini qanday ochish mumkin? Kartadan farzandingiz foydalanishi uchun siz o'z nomingizga maxsus karta hisobini ochasiz va bank kartasiga farzandingizning ismi tushiriladi.

Ota-onalar 7 yoshdan oshgan farzandlari uchun qiziqarli dizayndagi Humo bolalar kartasiga buyurtma berishlari mumkin. Buning uchun siz pasportingiz va farzandingiz tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi (pasporti) bilan Ipoteka-bankning istalgan filiali yoki bank xizmatlari markaziga tashrif buyurib, bolalar kartasini rasmiylshtirish uchun ariza topshirishingiz lozim bo’ladi. Buyurtma berilgan bank kartasini filialda belgilangan vaqtda olishingiz mumkin.

Ota-onalardan birining mobil raqamiga SMS-xabar o'rnatilganda, ota-ona bolaning xaridlari haqida ma'lumot olishi imkoniyatiga ega bo'ladi. Bundan tashqari, farzandingiz Internetda onlayn xarid qilishga urunganida, operatsiyani tasdiqlash kodi SMS-xabar orqali ota-onalarga keladi.

Bolalar kartasining asosiy afzalligi xavfsizligidir. Do‘konga kirganingizda farzandingizga o’z kartangizni bermaysiz, kassada esa farzandingiz begonalar yonida PIN kodni aytmaydi. Ota-ona xavfsiz va xotirjam, pul himoyalangan, farzandingiz esa xarajatlarni mustaqil amalga oshirishi mumkin. Ehtiyoj tug’ilganda, ota-onalar farzandlari qayerda bo'lishidan qat'i nazar, ularning kartasiga tezda pul o'tkazishlari mumkin. Farzandingiz kartasini yoqotib qo’yish xavfi borligiga qaramay, unung bank kartasini blokirovka qilish orqali pulni saqlab qolishingiz mumkin.

Hurmatli ota-onalar, unutmang!!! Farzandingizda o’z mablag’ining mavjud bo’lishi unda o'z xarajatlarini oldindan rejalashtirish, hisoblash odatini uyg'otadi va kelajakda bu ko'nikma unga albatta foydali bo'ladi.



Ipoteka bank Ipoteka-Bank missiyasi — oʼz aktsiyadorlari va bank mijozlari uchun eng yuqori darajadagi iqtisodiy qadriyatlarni yaratishdan iborat. Mijozlarga xizmat koʼrsatishning yuqori sifati va tanlangan bozorlardagi yetakchilik, kelajakdagi bank muvaffaqiyati uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Manba: Ipoteka bank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi