JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

Iqtisodiyotni rivojlantirishda banklarning o‘rni

29.05.2014

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar Assotsiatsiyasi va Toshkent moliya instituti hamkorligida “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashni jadallashtirishda bank-moliya tizimining roli” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada O‘zbekiston bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlab, yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. Bunda Prezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 26-noyabrda qabul qilingan “2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal bo‘lmoqda.

Mamlakatimizdagi tijorat banklari kredit qo‘yilmalarining umumiy hajmi keyingi uch yilda 2,3 baravarga o‘sdi. Misol uchun, 2013-yilda oldingi yilga nisbatan 30,1 foiz ko‘p kreditlar ajratildi, berilgan investitsion kreditlar hajmi 1,3 barobarga oshdi.

Bugungi kunda banklar kapitalining yetarlilik darajasi 24,3 foizni tashkil etmoqda, bu bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan 8 foiz etib belgilangan talabdan uch barobar ko‘pdir. Likvidlik darajasi bank tizimi barqarorligini baholashda muhim omillardan biri bo‘lib, qator yillar davomida 65 foizdan yuqori, ya’ni belgilangan minimal darajadan ikki barobar ko‘p miqdorni tashkil etmoqda.

Anjumanda davlatimiz rahbarining 2014-yil 7-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda 15-aprelda imzolangan “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati, bank tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalar xususida atroflicha so‘z yuritildi. Mazkur hujjatlarga muvofiq bank sohasida chora-tadbirlarning amalga oshirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarining kengayishiga, banklarning investitsiyaviy faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Tadbirda iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashni jadallashtirishda bank-moliya tizimining rolini oshirish, banklarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash hamda xalqaro me’yorlarga muvofiq yanada rivojlantirish yuzasidan fikrlashildi.

Manba: uza.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!

24.11.2025

Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!

3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi

25.11.2025

3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi

Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi

24.11.2025

Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi



Orphus tizimi