JET: Qaysi marketpleyslar muddatli to'lov shartlarini halol ko'rsatadi? Batafsil

Iskandar Tursunov: “Bizning asosiy vazifamiz – mijozlarimizga qulay, tez va texnologiyalarga asoslangan xizmat ko‘rsatish”

17.01.2025

2023-yil avgustda Ravnaq-bank nomi Octobank nomiga o‘zgartirildi. Qayta nomlash va yo‘nalishni o‘zgartirish – har doim xavf bilan bog‘liq bo‘lgan nozik jarayondir. Biroq oradan bir yarim yil o‘tgach, dadil aytish mumkinki, bu qadam o‘zini to‘liq oqladi – Octobank nafaqat turbulentlikni chetlab o‘tdi, u hatto rekord rivojlanish ko‘rsatkichlariga erishdi.

Bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlardagi o‘zgarishlar falsafasi va muvaffaqiyat formulasi haqida Octobank boshqaruvi raisi, asosiy aksiyador Iskandar Tursunov so‘zlab berdi.

Ayting-chi, nima uchun Octobank nomini o‘zgartirishga qaror qildi? Ushbu qaror asosida qanday ramziy va strategik sabablar yotadi?

Nomning o‘zgartirilishi bankning keng qamrovli qayta tashkil etilishining bir qismi edi. Rebrending nafaqat moliyaviy muassasa nomini yangilashni, balki mijozlarimizning yirik segmenti - biznes uchun taklif etilayotgan xizmatlar majmuini ham o‘z ichiga oldi.

"Imij, xizmat ko‘rsatish yondashuvlari va umuman olganda brend nazorat tizimidan boshqaruv tizimigacha bo‘lgan chuqur o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Bu ongli ravishda qilingan qadam edi, va u o‘zini to‘liq oqladi".

640х360_3.jpg


Bank rebrending qilinganidan buyon qanday yutuqlarga erishdi?

Ushbu davrda bank yangi strategik yo‘nalishlarni belgilab oldi. Kuzatuv kengashi va boshqaruv tarkibi yangilandi, bu esa bank ichidagi korporativ boshqaruvni zamonaviy boshqaruv tarkibi talablariga muvofiq o‘zgartirish imkonini berdi.

Daromadning rekord darajada o‘sishi qayd etildi: 2024-yilning uchinchi choragida u deyarli sakkiz barobarga o‘sib, 112,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Foizsiz daromadlar favqilodda 799,5% ga oshdi, bu esa mahsulotlarimizga bo‘lgan talabni yaqqol tasdiqlaydi.

Mijozlarimiz 324 milliard so‘mlik muammoli aktivlarni to‘liq qopladilar. Shu tufayli Octobank mamlakatdagi muammoli kreditlar darajasi nolga teng bo‘lgan yettita bank qatoriga kirdi.

Biz Xitoyning Tenpay to‘lov xizmati bilan shartnoma tuzganmiz. Bu O‘zbekistondagi biznes uchun yangi imkoniyatlarni ochadi va to‘lov uchun WeChatdan foydalanadigan xitoylik mijozlar bilan ishlashda o’z mavqeini mustahkamlaydi.

 

Octobank O‘zbekiston bank xizmatlari bozorida qanday raqobatbardosh ustunliklariga ega? 

Texnologiklik: Biz biznesni tizimimiz bilan integratsiya qilishni osonlashtiradigan Open API kabi yuqori texnologiyali yechimlarni taklif qilamiz. Bizning korporativ mijozlar uchun yaratgan gibrid internet-banking tizimimiz qulay va ko‘p funksiyali. Raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etishga e’tibor qaratish mijozlarimizga dunyoning istalgan nuqtasidan o’z pullarni boshqarishga imkon beradi. 

Qulaylik va tezlik: kichik va o‘rta biznes uchun onboarding jarayoni maksimal darajada soddalashtirilgan, aksariyat operatsiyalarni onlayn amalga oshirish mumkin - bu mijozlarning vaqtini tejaydi.

 Va albatta, bank xizmat ko‘rsatish sifatiga alohida e’tibor qaratadi; har bir mijoz biz bilan ishlashdan mamnun bo‘lishi uchun jarayonlar doimiy ravishda takomillashtiriladi. Bu uzoq muddatli va ishonchli hamkorlik garovi. 

640х360.jpg


Octobank mijozlari eng ko‘p qaysi xizmatlardan foydalanadilar?

Bizning mijozlarimiz ko‘pincha ekvayring xizmatlaridan foydalanadilar. Biz Yandex Go, Uzbekistan Airways va Hertz kabi yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qilib, ularga to‘lovlarni onlayn qabul qilishda yordam beramiz.

"Jismoniy shaxslar orasida xalqaro pul o‘tkazmalari, virtual kartalardan foydalanish, valyuta ayirboshlash va mobil ilovalar orqali xizmatlarga haq to‘lash eng ko‘p ishlatiladi".


Octobank kelgusi yillarda qanday faoliyat yo‘nalishlarini rivojlantiradi?

Oltita ustuvor yo‘nalishni alohida ta’kidlamoqchiman. Raqamlashtirish va innovatsiyalarni joriy etish jarayoni doimiy bo‘lishi kerak: biz raqamli texnologiyalarni rivojlantirishni davom ettiramiz, jumladan korporativ mijozlar uchun qulay mobil ilova yaratishni ham amalga oshiramiz. Bu bank ofisiga bormasdan onlayn hisoblar ochish, milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni boshqarish, smartfon yoki kompyuter orqali to‘liq bank xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Mobil ilova mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarning asosiy kanaliga aylanadi. Biz takliflarni foydalanuvchilarning xohish-istaklari asosida moslashtirib, ularga yanada individual va qulay xizmatlar tajribasini taqdim etamiz. Biz boshqa sohalardan xizmatlarni joriy etish orqali ekotizimni kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz: e-commerce (ovqat yetkazib berish, aviachiptalar savdosi), fintech (to‘lov yechimlari va moliyaviy vositalar), layfstayl xizmatlar (telefon aloqasi, ko‘ngilochar platformalarga obunalar).

Ushbu strategiya Octobankni nafaqat moliyaviy muammolarni hal qilishga, balki mijozlarga kundalik hayotda yordam berishga qodir bo‘lgan universal yuqori texnologiyali bankga aylanishiga imkon beradi.

Korporativ bo‘lim qulay sharoitlar, sifatli xizmat ko‘rsatish va raqamli mahsulotlar qulayligi orqali yangi mijozlarni, ayniqsa, hududlardan jalb qilishga e’tibor qaratadi. Mijozlar bazasini kengaytirish — shuningdek, asosiy vazifalardan biri. 

"Biz soddalik va shaffoflik siyosatiga, “halol” bank tamoyillariga amal qilamiz: majburiy xizmatlarni istisno qilgan holda, narx shakllanishi shaffof bo‘lgan tushunarli mahsulotlar".

640х360_2.jpg


O‘zbekistondagi fintex bozori kelajakda global o‘zgarishlarga tayyormi? Iste’molchilarchi, ular tayyormi?

Bozorning rivojlanish yo‘nalishlari haqida gapiradigan bo‘lsak, birinchisi — bu superapplar. Superapplar va raqamli banklar ko‘paymoqda — ular bitta ilovada keng ko‘lamli xizmatlarni taklif qilishmoqda. Ikkinchisi — islomiy banking. Mamlakatimizda dinning dolzarb rolini hisobga olgan holda, muqobil moliyaviy mahsulotlarni taklif qiluvchi islom banki sektori rivojlanmoqda. Va uchinchisi — bu kriptovalyuta va blokcheyn: 2018-yildan beri kripto-bozorning rasmiy sakllanishi, litsenziyalangan birjalarning ishga tushirilishi va kriptovalyuta kartalarining joriy etilishi kuzatilmoqda. 

Iste’molchilarga kelsak, bizning yosh va texnologik jihatdan rivojlangan aholimiz yangi fintex yechimlariga oson moslashmoqda. Farovonlikning o‘sishi va urbanizatsiya sohaning yanada rivojlanishiga yordam beradi. 

Biroq, erishilgan yutuqlarga qaramay, naqd operatsiyalarning yuqori ulushi va ayniqsa hududlarda raqamli infratuzilmani yaxshilash zarurati kabi muammolar saqlanib qolmoqda. Shunga qaramay, davlat tashabbuslari, IT-parklarning yaratilishi va startaplar uchun imtiyozlar fintech ekotizimini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi. 

Umuman olganda, O‘zbekiston bozori global o‘zgarishlarga tayyorligini namoyish etmoqda va raqamlashtirish va innovatsiyalar sari faol rivojlanmoqda.


Octobank global bank trendlarini mahalliy bozorga moslashtirishni qanday regalashtirmoqda?

Octobank jahon bank trendlarini mahalliy bozorga moslashtirmoqda: zamonaviy yondashuvlar va vositalarni, shu jumladan, tranzaksion biznes, kapital bozorini rivojlantirish, derivativ operatsiyalar va FX-xizmat ko‘rsatishni joriy etmoqda. Bu bizning xizmatlarimizni mijozlar uchun yanada qulay va dolzarb bo’lishiga yordam beradi.

"Biz global tajribani mahalliy ehtiyojlar bilan uyg‘unlashtirib, biznes va xususiy mijozlarga eng samarali yechimlarni taqdim etishga intilyapmiz".



Octobankning asosiy auditoriyasini tavsiflab bering. Bank mijozi portreti qanday? Mijozlaringiz hayotida bankning rolini qanday tasavvur qilasiz: u faqat moliyaviy hamkormi yoki undan ham mihimroqmi?


Bizning mijozlarimiz — bu barcha muammolarini onlayn hal qilishni afzal ko‘radigan ilg‘or foydalanuvchilar. Ular uchun moliyaviy boshqaruv tezkor, qulay va xavfsiz bo‘lishi juda muhim. Ular mobil ilovalardan foydalanadilar, tez-tez onlayn xaridlarni amalga oshiradilar, obuna uchun to‘lov qiladilar, virtual kartalardan foydalanadilar. 

Bunday mijozlar shaxsiylashtirilgan takliflarni qadrlashadi — keshbek, bonuslar, chegirmalar. Ular bankka borishga vaqt sarflashni xohlashmaydi: hamma narsa ilova orqali bir necha daqiqada hal qilinishi kerak. Biz buni tushunamiz va mahsulotimizdan foydalanishni maksimal darajada qulay qilishga intilamiz.

Korporativ mijozlar orasida – yirik kompaniyalar ham, kichik va o‘rta biznes ham mavjud, ularga onlayn to‘lovlar va moliyalarni boshqarish uchun zamonaviy yechimlar juda zarur.

O'xshash yangiliklar
Foreks alifbosi

03.02.2025

Foreks alifbosi

Visa versiyasi bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi bank-ekvayeri, 100 mingdan ortiq ochilgan virtual kartalar va Octobankning 2024-yildagi boshqa yutuqlari

03.02.2025

Visa versiyasi bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi bank-ekvayeri, 100 mingdan ortiq ochilgan virtual kartalar va Octobankning 2024-yildagi boshqa yutuqlari

“Milliy banklararo protsessing markazi” AJning 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi

13.01.2025

“Milliy banklararo protsessing markazi” AJning 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi



Orphus tizimi