JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 57 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

J.P. Morgan banki ekspertlari ishtirokidagi trening

24.06.2019
J.P. Morgan banki ekspertlari ishtirokidagi trening 20-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbankda J.P.Morgan bankining Rossiyadagi mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda eksport-kredit agentliklar (EKA) va ular kafilligi ostida moliyalashtirish mexanizmlari ish tamoyillariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy trening tashkil etildi. Trening davomida J.P.Morgan bankining eksportni moliyalashtirish bo‘yicha ijrochi direktor Richard Vilkins va eksportni moliyalashtirish bo‘yicha vitse-prezidenti Yongxa Kim ishtirokchilarni EKA kafilligi ostida loyihalarni amalga oshirish mohiyati, tamoyillari va mexanizmlarini belgilashda turli yondashuvlar hamda agentliklar orqali amalga oshiriladigan moliyalashtirish bitimlari bosqichlari bilan tanishtirdi. Ta’kidlash joiz, eksport-kredit agentliklari keng xizmatlar doirasini taklif etadi. Tashqi savdo operatsiyalarini kreditlash, eksport kreditlari bo‘yicha davlat kafolatlarini taqdim etish, eksport kreditlari va bitimlarni siyosiy va boshqa tavakkalchiliklardan sug‘urtalash shular jumlasidandir. Eksport shartnomalarini sug‘urtalashda dunyodagi eng yirik tashkilot - Euler Hermes’dir. Ushbu kompaniya xizmatlari asosida Germaniya iqtisodiyotida eksport hajmi 18 foizga oshmoqda, ish o‘rinlari soni yiliga 90 mingtaga ko‘paymoqda. Xususan, mashinasozlik sohasida ish o‘rinlarining 60 foizi, mashinasozlik va kimyo sanoatida eksportning 40 foizi ushbu kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. Ma’lumot. Hozirgi kunda dunyoda 100dan ziyod eksport-kredit agentliklari faoliyat yuritadi. Ularning 80 tasi eksport kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalovchilarning asosiy tashkiloti - Bern ittifoqiga a’zodir. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Bern ittifoqiga kiruvchi EKA dunyo bo‘yicha eksportning 12 foizga o‘sishiga ko‘maklashdi. Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

07.07.2025

Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

03.07.2025

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

03.07.2025

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!



Orphus tizimi