JET: Qaysi banklarda kartani bepul olish mumkin? Batafsil

Jamg‘arish sirini bilasizmi?

31.10.2019

Tan olish kerak, jamg‘arish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Buning uchun bilim va ko‘nikma kerak, jamg‘arish sirlarini o‘rganish kerak.

31 oktabr dunyo miqyosida Butunjahon jamg‘arish kuni sifatida belgilangan. Mazkur sana munosabati bilan bu yil O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan respublika tijorat banklari tomonidan turli tadbirlar tashkil qilinmoqda.

IMG_20191101_090145_868.jpg

IMG_20191101_090143_271.jpg

Bugun aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank”ning mintaqaviy filiallari xodimlari qator o‘rta umumiy ta’lim maktablarida “Ochiq dars”lar o‘tkazdilar. O‘quvchilarga jamg‘arish sirlari, bankning jamg‘arish imkoniyatlari, bank faoliyatining asosiy maqsadlari va yo‘nalishlari haqida tushunchalar berildi.

Maktab o‘quvchilari ishtirokida “Mening jamg‘arish sirim” mavzusida insholar va rasmlar tanlovlari o‘tkazildi. Tanlov g‘olib va sovrindorlari bank filiallari tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, bugun “Qishloq qurilish bank” filiallarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil qilindi. Maktab o‘quvchilari filiallarga tashrif buyurishib, bank faoliyati va mijozlar bilan ishlash jarayonlari bilan tanishdilar. Ko‘rsatilayotgan zamonaviy xizmatlar va texnologiyalar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

IMG_20191101_090132_814.jpg

IMG_20191101_090131_464.jpg

Hozir maktablarda kamolga yetayotgan yoshlar kelajagimiz bunyodkorlaridir. Ular kelgusida, albatta, u yoki bu tijorat bankining xizmatlaridan foydalanishadi. Demakki, ular orasida “Qishloq qurilish bank”ning bo‘lg‘uvsi mijozlari ham kamolga yetmoqda.

O‘zaro muloqotlarda ko‘plab o‘quvchilar o‘zlarida kelajakda bank sohasi xodimi bo‘lish istagi tug‘ilganligini bildirdilar.

Shu kabi jihatlari bilan Butunjahon jamg‘arish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar amaliy ahamiyat kasb etadi. 

Bank axborot xizmati

BRB
O'xshash yangiliklar
Ipak Yuli Bank o‘zini o‘zi band qilganlar uchun avtokreditni ishga tushirdi

05.02.2026

Ipak Yuli Bank o‘zini o‘zi band qilganlar uchun avtokreditni ishga tushirdi

O‘zini o‘zi band qilganlar uchun 300 mln so‘mgacha mikrokredit

08.02.2026

O‘zini o‘zi band qilganlar uchun 300 mln so‘mgacha mikrokredit

Yangi yilni yangi xonadonda qarshi oling

26.12.2025

Yangi yilni yangi xonadonda qarshi oling



Orphus tizimi