Octobank Janubiy Koreyadan HUMO kartalariga E9PAY orqali pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi
Octobank E9PAY mobil ilovasi orqali Janubiy Koreyadan pul mablag‘larini qabul qilishni yo‘lga qo‘ydi. Endi foydalanuvchilar HUMO kartalariga bevosita pul jo‘natishlari mumkin — tez, qulay va bir zumda.
Bank xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha hamkorlik tarmog‘ini kengaytirib, mijozlarga dunyoning turli mamlakatlaridan qulay moliyaviy operatsiyalardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda.
E9PAY tezkor onlayn o‘tkazmalar xizmati — ilovaning o‘zida bir necha klik orqali xalqaro pul o‘tkazish uchun qulay va talabgir yechimdir. Octobank bunday operatsiyalarni qabul qilish va qayta ishlashda ishonchli hamkor bo‘lib, tranzaksiyalarning barqarorligi, xavfsizligi va tezligini ta’minlaydi.
Qanday yuboriladi:
Tayyor - pul darhol qabul qiluvchida!
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Octobank Xitoyda mashhur Alipay+ to‘lov xizmati orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini bergan va uni birinchilardan bo‘lib o‘zining mobil ilovasiga integratsiya qilgan edi. Xalqaro to‘lov yechimlarini rivojlantirish bankning transchegaraviy operatsiyalar imkoniyatlarini kengaytirish va butun dunyo bo‘ylab mijozlar uchun qulaylikni oshirish strategiyasining muhim qismi bo‘lib qolmoqda.
“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.
Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.
Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi