Bankimizning hurmatli mijozlari!
Karantinga oid choralar amal qilishi davrida mijozlarning bankka kelish imkoniyati cheklanganligini hamda qarzdorlarning kredit to‘lovlari bilan bog‘liq riskini yumshatish maqsadida jismoniy shaxslarning kredit to‘lovlarini qaytarilishida ularga imtiyozli davr berish va ta’tildagi to‘lovlarni kreditning qolgan oylariga mos ravishda taqsimlash orqali 1 iyunga qadar kredit ta’tillari e’lon qilinadi.
Shunga ko‘ra, kredit qarzdorligi mavjud jismoniy shaxslar rasman karantin choralari (muddati) tugagandan so‘ng 10 bank ish kuni muddatida tegishli bank filiallariga murojaat qilishi va qo‘shimcha shartnoma rasmiylashtirishi lozim.
Shuningdek, ta’tillar davrida bank mazkur qarzdorliklarga jarima sanksiyalarini qo‘llamasligi hamda undiruvni kredit ta’minotiga qaratmasligi ma’lum qilinadi.
Karantin choralari tugagandan so‘ng 10 bank ish kuni muddatida qo‘shimcha kredit shartnomasini rasmiylashtirish uchun bankka murojaat qilmagan jismoniy shaxslarga berilgan kredit ta’tillari bank tomonidan bir tomonlama bekor qilinadi.
04.03.2026
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi
26.02.2026
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda
25.02.2026
TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi
Jismoniy shaxslar diqqatiga!