JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

JISMONIY SHAXSLAR UCHUN KREDIT TA'TILI DAVOM ETADI

04.06.2020

“Poytaxt bank” AJ Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, karantin davrida mijozlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bank kassalariga kelishi bilan bog‘liq xavfni kamaytirish hamda karantin oqibatida qarzdorlarning kredit to‘lovlari bilan bog‘liq risklarini yumshatish maqsadida, bankning mijozlari bo‘lgan qarzdor jismoniy shaxslarning 2020 yil 31 mart sanasi xolatiga qoldig‘i 100 (yuz) million so‘mdan kam bo‘lgan barcha kreditlari bo‘yicha to‘lov muddatlarini Imtiyoz bergan xolda ariza va murojaat kabi hujjatlar talab qilmasdan 2020 yil 1 avgustga qadar avtomat tarzda uzaytiradi.

Ushbu imtiyoz bo‘yicha:

            • sud va sud hujjati ijro jarayonida bo‘lgan kreditlar istisno etiladi;
            • Jismoniy shaxslarning kreditlari 2020 yilning aprel, may, iyun va iyul oylari uchun to'lovlarni qarzdorning murojaatisiz kreditni oxirgi qaytarish sanasidan boshlab 4 oyga cho'ziladi;
            • kelgusida karantin muddati tugagandan so‘ng shartnoma(lar)ga tegishli o‘zgartirish kiritgan xolda kredit(lar)ni qaytarishning so‘nggi muddati berilgan to'rt oylik Imtiyozli davr muddatiga mos ravishda uzaytiriladi;
            • qarzdor mavjud kredit qoldig‘i bo‘yicha hisoblangan barcha foizlarini kelgusida to‘lash majburiyatidan ozod etilmaydi;
            • imtiyoz berilgan davr mobaynida o‘z vaqtida amalga oshirilmagan kredit qarzdorligi to‘lovlari uchun bank tomonidan penya hisoblanmaydi, jarima sanksiyalari qo‘llanilmaydi hamda undiruv kredit ta'minotiga qaratmaydi.

Jismoniy shaxsning bankka masofadan yo‘llagan murojaati (arizasi) asosida kredit ta'tili 6 oygacha taqdim etilishi mumkin.

Тайёрланган мурожаатлар (аризалар) сифатли .pdf ҳужжат ёки .jpeg расм форматида сканер қилиниб/фотосуратга олиниб банкнинг қуйидаги электрон манзилларидан бирига ёҳуд тўғридан-тўғри конвертда банкнинг почта манзилига юборилиши сўралади:

Банк почта манзили: 100063, Тошкент шахар, Чилонзор тумани, И.Каримов кўчаси, 55-уй,

Виртуал қабулхона: https://poytaxtbank.uz/uz/virtual-reception

Elektron pochta: operu1172@poytaxtbank.uz

Telegram manzil: @poytaxt_bank_bot

Poytaxt bank «POYTAXT BANK» Aksiyadorlik Jamiyatining tashkil etilishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda Toshkent shahrida arzon ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017-yil 13-martdagi PQ-2824-sonli qarori asos bo‘lgan. «POYTAXT BANK» o‘z ish faoliyatini bugungi kungacha bank asoschisi bo‘lib kelayotgan Toshkent shahar hokimining 2018-yil 13-oktyabrdagi 1481-sonli buyrug‘i bilan boshlagan.
Manba: Poytaxt bank
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

24.12.2024

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi



Orphus tizimi