Diqqat!
Hurmatli mijoz!
AT "Aloqabank" Sizga hamkorlik uchun o'z minnatdorchiligini bildiradi va bank faoliyatida amalga oshirilayotgan yangilanishlar haqida ma'lum qiladi.
AT "Aloqabank"ning rivojlanish strategiyasi va transformatsiyasi bankning barcha hududiy bo'linmalarini yagona MFOga o'tkazish, biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish, Bazel III talablariga muvofiq ishlab chiqilgan yangi tashkiliy va funksional tuzilmani joriy etish imkoniyatlarini taqdim etuvchi "Colvir Banking System" avtomatlashtirilgan bank tizimiga o'tishni nazarda tutadi.
Avtomatlashtirilgan bank tizimini (ABT) yangilash taklif etilayotgan bank mahsulotlari lineykasini kengaytirish hamda mijozlarga xizmat ko'rsatish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirish imkonini beradi.
Bankning barcha hududiy bo'linmalarining yagona MFOga o'tishi, bank hisobvarag'i ochilish joyidan qat'i nazar, mijozga bankning istalgan bo'linmalarida bank xizmatlarining to'liq spektridan foydalanish imkonini beradi.
Sizga shuni ma'lum qilamizki, Sizning bank hisobvaraqlaringiz rekvizitlari avtomatik ravishda o'zgartiriladi, shu bilan birga, Sizning joriy rekvizitlaringiz 2021 yilning 2 avgust kunidan e'tiboran 12 oy davomida amalda bo'ladi. Yangi rekvizitlarni olish uchun bank ofislariga murojaat qilishingizni so'raymiz.
Yangi ABTga 2021 yilning 30 iyulidan 2021 yilning 1 avgustigacha bo'lgan davr mobaynida o'tiladi. Shu munosabat bilan, Bank ofislari mijozlarga 2021 yilning 30 iyul kuni soat 12:00 gacha xizmat ko'rsatishini ma'lum qilamiz. 2021 yilning 2 avgustidan esa Bank o'z faoliyatini odatdagi tartibda yangi ABTda davom ettiradi.
Yangi ABTga o'tgunga qadar bank tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar haqidagi batafsil ma'lumotlar bilan tanishib chiqishingizni so'raymiz.
Yuzaga kelgan savollar bo'yicha (71) 230-77-77 telefon raqami orqali bankning 24 soatlik kontakt-markaziga murojaat qilishingizni so'raymiz.
Bizni tushunganingiz uchun o'z tashakkurimizni izhor etib, kelajakda Siz bilan yangi formatda samarali hamkorlikni davom ettirishdan mamnun bo'lamiz!
Yangi ABTga o'tish davrida bank tomonidan to'xtatib turiluvchi amaliyotlar
Ro'yxati
(qabul qilingan vaqt va oxirgi sanani ko'rsatgan holda)
№ | AMALIYOT TURI | VAQTI | SANASI |
1. | Qo'yilma amaliyotlari (qo'yilmani ochish, yopish, qayta rasmiylashtirish)shu jumladan bankining Zoomrad mobil ilovasi orqali | 1800 gacha | 27.07.2021 |
Qo'yilma amaliyotlari (yechish, to'ldirish va % %olish)shu jumladan bankining Zoomrad mobil ilovasi orqali | 1200 gacha | 30.07.2021 | |
2. | Kredit buyurtmalarni qabul qilish,shu jumladan bankining Zoomrad mobil ilovasi orqali | 1800 gacha | 27.07.2021 |
Kreditlar va foizlarni so'ndirish,shu jumladan bankining Zoomrad mobil ilovasi orqali | 1200 gacha | 30.07.2021 | |
3. | Bankning barcha turdagi bank kartalarini chiqarish uchun buyurtmalar qabul qilish,shu jumladan bankining Zoomrad mobil ilovasi orqali | 1800 gacha | 27.07.2021 |
4. | Western Union, RIA Money, MoneyGram, Unistream, Contact, Zolotaya Korona xalqaro pul o'tkazmalari (jo'natish-qabul qilish),shu jumladan bankining Zoomrad mobil ilovasi orqali | 1800 gacha | 27.07.2021 |
5. | AloqaEkspress filiallar o'rtasida o'tkazmalar | 1800 gacha | 27.07.2021 |
6. | To'lovlarni qabul qilish (kommunal, bir martalik, soliq, Munis) | 1200 gacha | 30.07.2021 |
7. | Valyuta ayirboshlash amaliyotlari,shu jumladan bankning Zoomrad mobil ilovasi orqali | 1200 gacha | 30.07.2021 |
8. | Boshqa amaliyotlar | 1800 gacha | 27.07.2021 |
Eslatma: o'tish davrida texnik nosozliklar yuzaga kelishi mumkin va buning natijasida esa vaqtinchalik tafovutlar kuzatilishi mumkin, bu kabi holatlar bartaraf etiladi.
23-07-2021
Jismoniy shaxslar uchun xabarnoma!