JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

Jomboyda yangi “Bank xizmatlari markazi” ochildi

25.03.2021
25.03.2021    Yurtimizdagi tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalangan holda iqtisodiyotning muhim boʼgʼini hisoblangan banklar faoliyatini kengaytirish, mijozlarga sifatli xizmat koʼrsatish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.     Jumladan, bugun, 25-mart kuni “Mikrokreditbank” АTB Samarqand viloyati Bulungʼur tuman filialiga qarashli, Jomboy shahri, Saroy koʼchasi 10-uyda joylashgan “Jomboy” Bank xizmatlari markazining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Tadbirda Boshqaruv raisi oʼrinbosari B.R.Yesenkulov, Jomboy tuman hokimi oʼrinbosari M.Ismoilovlar ishtirok etishdi.        Jomboy mini-banki oʼrnida tashkil etilgan ushbu bank xizmatlari markazining mijozlari soni bugungi kunda 1045 ta boʼlib, shundan 184 tasi yuridik tashkilotlar hisoblanadi. Markazning kredit portfeli esa 17,8 mlrd. soʼmni tashkil etadi. Bu yerda yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlar ajratish hamda barcha turdagi chakana bank xizmatlari koʼrsatiladi.      “Mikrokreditbank”ning Samarqand viloyat Mintaqaviy filiali tomonidan yil yakuniga qadar yana 7 ta bank xizmat markazlari ochilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.   
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

26.12.2025

Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

2025-yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan deyarli 7% ga o‘sdi

25.12.2025

2025-yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan deyarli 7% ga o‘sdi

Kriptovalyutaga investitsiya: strategiya omaddan muhimroq

25.12.2025

Kriptovalyutaga investitsiya: strategiya omaddan muhimroq



Orphus tizimi