Joriy yil 25 yanvar kuni O'zbekiston banklari uyushmasida Respublika tijorat banklari o'rtasida 2013 yil yakunlariga ko'ra aholi bo'sh pul mablag'larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo'yicha tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o’tdi.
Tanlov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 31 oktyabrdagi PQ-991 - sonli “Respublika tijorat banklari o'rtasida aholi bo'sh pul mablag'larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo'yicha tanlov o’tkazilishi haqida”gi Qaroriga muvofiq o’tkazildi.
Tanlov natijalariga ko'ra g'oliblar sakkizta asosiy va o'n bitta qo'shimcha nominatsiyalar bo'yicha aniqlandi.
"Aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi banki" nominatsiyasida OATB "Qishloq qurilish bank" uchinchi o’rinni egallab tanlov g'olibi sifatida e'tirof qilindi.
"Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi mini-banki" nominatsiyasida uchinchi o'rinni - Qishloq qurilish bankning Sariosiyo filiali "Denov" mini-banki, "Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi jamg'arma/maxsus kassasi" nominatsiyasida uchinchi o'rin - Qishloq qurilish bankning Yangiyer filiali 1-sonli jamg'arma kassasiga berildi.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Joriy yil 25 yanvar kuni O'zbekiston banklari uyushmasida Respublika tijorat banklari o'rtasidagi tanlov nihoyasiga etdi.