Joriy yilning 19 may kuni poytaxtimizda VII Toshkent xalqaro investitsion-moliyaviy forumi o'z ishini boshladi.

22.05.2014


Tadbir  “SAIPRO” Axborot-reyting agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda  Bosh Arab sug'urta federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi

 Ushbu forum so'nggi yillarda  nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki global miqyosda soha mutaxassislari  muloqot qilib,  tajriba almashadigan  muhim interaktiv  maydonga  aylandi. Uning nufuzi esa yildan yilga oshib,  muhokama etiladigan masalalar va  mavzular  ko'lami  kengayib bormoqda.

Ushbu tadbirda 450 dan ziyod   vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari,  investitsion kompaniyalar, reyting agentliklari,   bank, lizing,  qimmatli qog'ozlar kabi moliya  bozori  mutaxassislari ishtirok etmoqda. Jahonning 25 davlatidan 100 dan ziyod xorijlik mutaxassis va ekspertlar bu yil ushbu  xalqaro forumda ishtirok etish istagini  bildirib, Toshkentga tashrif buyurishdi. 

Uning ochilish marosimida mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash,  iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiyalash, amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarga  xorij sarmoyalarini jalb qilish,    ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida  ruhsat beruvchi  tartib taomillarni  soddalashtirish, hisobotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish,  iqtisodiy va investitsion  jarayonlarda moliya-bank  sektorining ishtirokini  kengaytirish  mavzularida  ma'ruzalar tinglandi.

Manba: www.uzreport.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi

25.02.2026

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi



Orphus tizimi