JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli va to'ldiriladigan omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

Joylarda “Mikrokreditbank”ning yangi “Bank xizmatlari markaz”lari ishga tushdi

26.11.2019
26.11.2019 Yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Albatta, bu jarayonlarda tijorat banklarining o`rni katta. Chunki tadbirkor o`z vaqtida moliyaviy qo`llab-quvvatlansa, daromadi ortadi. Asosiysi, yangi ish o`rinlari yaratadi. Bu esa davlatga ham, jamiyatga ham birdek foyda keltiradi.  Tadbirkorga madadkor bo`layotgan tijorat banklari orasida “Mikrokreditbank”ning munosib o`rni bor. Bugungi kunda ushbu tijorat banki tomonidan aholiga bank xizmatlarini ko`rsatish sifatini oshirish va mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida aholi gavjum joylarda “Bank xizmatlari markazlari” hamda 27/7 shaxobchalari tashkil etilmoqda. Yaqinda bank tomonidan Toshkent shahridagi Yunusobod hamda Qoraqalpog`istonning To`rtko`l tumanlarida ana shunday “Bank xizmatlari markazi” faoliyati yo`lga qo`yildi. Yangidan tashkil etilgan ushbu markazlarda yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko`lamli bank va konsalting xizmatlari ko`rsatiladi. Xususan, jismoniy shaxslar uchun mikroqarz, overdraft va boshqa kreditlarni rasmiylashtirish, plastik kartochka ochish hamda xalqaro pul o`tkazmalari xizmatlari yo`lga qo`yilgan, shuningdek, yuridik shaxslarni barcha turdagi xizmat turlari ko`rsatiladi. Ushbu markazlarda tunu-kun ishlaydigan bankomat orqali naqd pul yechib olish, kommunal va boshqa turdagi to`lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. Amaldagi barcha kredit turlaridan foydalanish, plastik kartalar olish va boshqa turdagi bank xizmatlari turlari, xalqaro pul o`tkazmalarini amlga oshirish imkoniyati yaratilgan – endi bu xizmatlar uchun bank filiallariga borishning hojati yo`q. Qayd etish joizki, “Mikrokreditbank” tomonidan shu paytgacha bu kabi markazlardan 13 tasining faoliyati yo`lga qo`yilgan bo`lsa, joriy yil oxiriga qadar ular sonini 21 taga yetkazish rejalashtirilgan. Natijada esa aholimiz uchun qulay, tezkor hamda ishonchli bank xizmatlari ko`rsatishga erishiladi. Bank axborot xizmati  
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

03.07.2025

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

03.07.2025

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

SQB Bank shaffof kreditlash uchun yangi yechim

04.07.2025

SQB Bank shaffof kreditlash uchun yangi yechim



Orphus tizimi