Aksiyadorlik tijorat Xalq bankining “Bankirlar trening maktabi”da bank Boshqaruvining qaroriga asosan kadrlar xizmati xodimlarining kasbiy malakasini oshirish maqsadida seminar-trening boshlandi.
Bank tizimida sog‘lom psixologik muhitni ta’minlanishining ijtimoiy psixologik shartlari, Xalq banki standartlari, Kadrlar modulida ishlash tartibi kabi mavzularda bo‘ladigan seminar-treninglarda Markaziy apparatining Kadrlar departamenti hamda hududiy filiallarning kadrlar bo‘limi xodimlari belgilangan reja-grafik asosida ishtirok etadi.
Seminar-treningda ishtirokchilarga Jamoa va rahbarlik madaniyati, Konflikt va stressni boshqarish amaliy usullari, Mijozlarning e’tirozlari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish texnikasi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Mashg‘ulotlarni “O‘zingni angla” psixologik xizmat ko‘rsatish markazi psixologi N. Shomurotova olib bormoqda.
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
23.04.2026
Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.
23.04.2026
Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik
Kadrlar bo‘limi xodimlari malaka oshirmoqda