JET: Qaysi banklarda kartani bepul olish mumkin? Batafsil

“Kapital omonat” aksiyasi yakunlari

07.02.2017
2016 - yil 15 - maydan 15 - dekabrga qadar “Kapitalbank” ATB “Kapital omonat” aksiyasini o‘tkazdi. Aksiya qoidalariga ko‘ra, ishtirokchi bo‘lish uchun bank filiallaridan birida 1.000 (bir ming) AQSh dollari/yevro/funtdan kam bo‘lmagan miqdorda istalgan valyuta omonatini ochish talab etilar edi. Shuningdek, ishtirokchilar faqat 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lishi lozim edi. Biz barchaga aksiyada faol ishtirok etganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz va aksiya yakunlari bilan o‘rtoqlashamiz. 2016 - yil 25- dekabrda O‘zbekiston Respublikasi banklar uyushmasi binosida qimmatbaho mukofotlar o‘ynaldi. Aksiyada 9576 nafar omonatchi qatnashdi, ular orasidan 165 nafar baxtli g‘oliblar va qimmatbaho mukofotlar egalari aniqlandi, ulardan biri asosiy mukofot – Chevrolet Captiva avtomobili sohibi bo‘ldi. “Kapitalbank” ATB aksiya g‘oliblarini tabriklaydi va ishtiroklarning bankka bo‘lgan ishonchlari uchun minnatdorchilik bildiradi!
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
Buguni kunda Xalq banki jismoniy shaxslarga quyidagi ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda

11.02.2026

Buguni kunda Xalq banki jismoniy shaxslarga quyidagi ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda

Dam olish endi yanada foydaliroq!

09.02.2026

Dam olish endi yanada foydaliroq!

“Omadli karta” aksiyasi — oxirgi imkoniyat! 15-fevralgacha ulgurib qoling va Hamkorbank bilan iPhone 17 Pro yutib oling!

11.02.2026

“Omadli karta” aksiyasi — oxirgi imkoniyat! 15-fevralgacha ulgurib qoling va Hamkorbank bilan iPhone 17 Pro yutib oling!



Orphus tizimi