JET: Qaysi bankda ikkilamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

Kapital yetarlilik ko‘rsatkichi: Xalq banki ijobiy natija qayd etdi

02.02.2021

 

Xalq banki rivojlanishning aniq strategiyasiga ega. Boshqacha aytganda, ko‘zlagan maqsadlariga qachon va qanday qilib erishishini  qadamba-qadam belgilab olgan. Bu xuddi puxta ssenariyday gap.

E’tiborli jihati,  bu strategiya faqat muvaffaqiyat qozonishgina emas,  balki muvaffaqiyatsizlikka uchramaslikni ham kafolatlaydi.

Masalan, moliya muassasalari uchun muhim bir mezon bor.  Uni kapital yetarlilik ko‘rsatkichi, deb ataymiz.  Ana shu ko‘rsatkichning belgilangan me’yori 13 foizga teng.

Xalq banki esa marrani bundanam balandroq  oldi.  Kapital yetarlilik ko‘rsatkichining minimal darjasini o‘tgan yil uchun Risk appetitida yuqoridagi me’yordan bir pog‘ona oshirib, 14 foiz etib belgiladi. 

Natija qanday bo‘ldi? Buni mana bu raqamlar tasdiqlaydi. Shu yil 1-yanvar holatiga ko‘ra,  Xalq bankining kapital yetarliligi 14,84 foizni tashkil etdi. Shu tariqa me’yordan 1,84 foiz yuqori natija qayd etildi.

2020-yil davomida bank kredit portfeli 51 foiz o‘sishi ham ijobiy ko‘rsatkich.  Bunga asosan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir davlat dasturlari va Hukumatimiz tomonidan tasdiqlangan boshqa manzilli dasturlarni kreditlash hisobiga erishildi. Mazkur holat esa o‘z navbatida,  aktivlar oshishiga olib kelib, kapital yetarlilik ko‘rsatkichi yil boshiga nisbatan kamayishiga olib kelgan.

Endi yana strategiya mavzusiga qaytamiz.  Xalq banki rivojlanishga erishish va biznes-reja ko‘rsatkichlarini bajarishda uchrashi mumkin bo‘lgan risklarni hisobga olgan. Shu tariqa  kapital yetarlilik ko‘rsatkichi talablari buzilmasligi bo‘yicha o‘z strategiyasini ishlab chiqqan.

Shuningdek, moliya muassasamiz riskka tortilgan aktivlar ulushida muammoli kreditlarni undirish hisobiga kapital yetarlilik ko‘rsatkichini bir maromda ushlab turish bo‘yicha ham aniq chora-tadbirlarga ega.

Bankimiz o‘tgan 2020-yilni  505 mlrd. so‘m sof foyda bilan yakunladi. Bu esa kapital yetarlilik ko‘rsatkichiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bank Axborot xizmati

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

17.10.2025

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

13.10.2025

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

FinTech va Bank forumi (FIBA) 2025 20-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi

13.10.2025

FinTech va Bank forumi (FIBA) 2025 20-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi



Orphus tizimi