JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 52 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

«Kapitalbank» 9 may kuniga «Urushning kichkina guvohlari» kitobining chop etilishiga sherik bo’ldi

06.05.2021
«Kapitalbank» «Podrobno.uz» Yangiliklar Agentligi bilan birgalikda «Urushning kichkina guvohlari» kitobining chop etilishida nashabbuskorlik ko’rsatdi.
Kitobda bolalikda urushni boshidan kechirgan 39-ta insonning hikoya-esdaliklari jamlangan . Ular orasida urush otalaridan ayirgan o’zbek oilalarining farzandlari ham, shiddatli janglar hududidan evakuatsiya qilingan bolalar ham, qamalda qolgan Leningrad hamda fashistlar konslagerlarida ochlikdan joni uzilayotgan bolalar ham bor.
«Bu biz uchun ijtimoiy loyiha. Biz hozirgi avlod o’z ajdodlarining jasoratinin yodda tutishini, boshimiz uzra tinch osmonning va bugun bizda borining barchasini qadriga yetishini istaymiz . Biz yoshlarimiz ezgulik va rahmdillik, sahovat va bag’rikenglik, insonparvarlik va odamiylik haqida doim eslashini istaymiz. Inson unutilmas ekan, uning jasorati barhayot bo’ladi», - deya ta’kidladi «Kapitalbank» ATB Boshqaruvi Raisi Alisher Mirzayev.
«Bu kitobda siz bolalarning usha mash’um urush haqidagi haqqoniy va bo’rttirilmagan xotiralarini topasiz. Ularning konslagerlarda murdalarni tashigani, yaqinlarini yondirib yuborilishlarini ko’rganini, minglab odamlar ochlikdan hamda fashistlar quturgan zulmidan nobud bo’lganligi tog’risida voqealarni.. Bu yerda hamma narsasidan ayrilib, lekin taslim bo’lmagan, o’zi och bo’la turib, nonin oxirgi ushog’ini boshqalarga ulashgan bolalarning voqealari ham o’rin olgan. Bugun ularning avlodlardan eng muhim so’ragan narsasi - G’alabaga qanday mashaqqat va yo’qotishlar evaziga erishilganini ydda tutish va hech qachon bu kabi dahshatga yo’l qo’ymaslik . Ushbu kitob haqiqiy urush nima ekanligi va u qanday kulfatlar keltirishga qodirligi haqida barchamizga eslatmadir », - dedi «Podrobno.uz» Yangiliklar Agentligi bosh muxarriri Аndrey Teshayev.
«Urushning kichkina guvohlari» kitobi cheklangan tirajda notijorat foydalanish maqsadida nashr etildi. Nashr beg’araz asosda maktab, oo’yulari, kutubxona, madaniy markazlarga topshiriladi. Hozircha kitobni rus tilida o’qish mumkin, ammo yaqin kelajakda uni o’zbek tiliga tarjima qilish rejalashtirilmoqda.
Kitobni pdf shaklida shu yerda ko’chirish mumkin.





Urushning kichkina guvohlari
Hajmi: 31.49 МБ
Format: pdf
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
Octobank S&P Global Ratings xalqaro kredit reytingi agentligidan “Barqaror” prognoz reytingini oldi.

22.04.2025

Octobank S&P Global Ratings xalqaro kredit reytingi agentligidan “Barqaror” prognoz reytingini oldi.

Octobank IT Park rezidentlariga xalqaro bozorga chiqish uchun internet-ekvayring taqdim etadi

21.04.2025

Octobank IT Park rezidentlariga xalqaro bozorga chiqish uchun internet-ekvayring taqdim etadi

Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi

17.04.2025

Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi



Orphus tizimi