JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 57 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda

05.05.2025

"Kapitalbank" ATB Kuzatuv kengashi Madina Yusupova va Akmal Yaxyoevni Bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimlariga tayinlashni tasdiqladi.

Ular o‘z mehnat faoliyatlarini bankda quyi lavozimlardan boshlab, kompaniya ichida bosqichma-bosqich malakalarini oshirib, bugungi kunda bank boshqaruvida muhim rol o‘ynaydigan lavozimlarga yetib kelishdi.

— Ushbu tayinlovlar bankning strategik biznes yo‘nalishlarini rivojlantirishga qo‘shimcha turtki beradi, — dedi "Kapitalbank" ATB Kuzatuv kengashi raisi Maksud Abdusamadov. — Ayniqsa, Madina va Akmalning aynan Kapitalbank tizimida shakllangani muhim. Ular ichki jarayonlarni chuqur bilishadi, bankning madaniyati va qadriyatlarini yurakdan his qilishadi. Yetakchilikka intilish — bu bizning korporativ madaniyatimizning ajralmas qismi, ularning martaba yo‘li esa minglab xodimlarimiz uchun ilhom manbai. Bunday tayinlovlar Kapitalbankda o‘sish tasodif emas, balki yaratilgan muhit natijasi ekanining yorqin dalilidir. Bu yerda yetakchilar voyaga yetadi.


Bank_uz 1920x1080_3.png

Madina Yusupova — Toshkent moliya instituti bank ishi yo‘nalishi magistri. 2009 yilda "Kapitalbank"dagi faoliyatini mutaxassis lavozimidan boshlagan. Bankning G‘aznachilik departamentida aktiv va passivlarni boshqarish bo‘limi, konversion operatsiyalar bo‘limi, chakana va korporativ yo‘nalishlar bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar OPÉRU filiali direktori sifatida faoliyat yuritgan. Endilikda u kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi.

Bank_uz 1920x1080_2.png

Akmal Yaxyoev — Toshkent moliya instituti bitiruvchisi. 2011 yilda "Kapitalbank"da stajyor sifatida ish boshlagan, qisqa muddat ichida korporativ kreditlash bo‘yicha mutaxassisdan departament direktorigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. 2019 yildan buyon bankning Sergeli filialiga rahbarlik qilgan. 2021 yilda moliyaviy tizim rivojiga qo‘shgan hissasi uchun "Mustaqillikning 30 yilligi" ordeni bilan taqdirlangan. Yangi lavozimda u korporativ biznes yo‘nalishini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘ladi.

Kapitalbank — bu muvaffaqiyatli insonlar shakllanadigan joy. Bu — rivojlanish muqarrar bo‘lgan muhit: biz iste’dodlar ochilishi, martaba o‘sishi va har bir inson hissasi umumiy yutuqqa aylanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratamiz.

Madina va Akmalning hikoyalari — istisno emas, balki tizimli yondashuvning tasdig‘idir. Kapitalbank jamoasining katta salohiyatiga ishonadi va xodimlar rivoji bank strategiyasining ajralmas qismiga aylangan korporativ madaniyatni shakllantiradi. Ta’limga sarmoya, tajriba almashinuvi, murabbiylik va mentorlik tizimlari, kadrlar zaxirasi dasturi, martaba yuksalishi va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash orqali bank insonlarni yangi cho‘qqilarga yetaklaydi hamda butun jamoani oldinga intilishga ruhlantiradi.




Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

07.07.2025

Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

 Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

01.07.2025

Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

 Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

30.06.2025

Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya



Orphus tizimi