JET: Moped va skuterga haydovchilik guvohnomasini qanday olish mumkin? Batafsil

Kapitalbank axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha xalqaro sertifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi

20.03.2025

Lid (OAV uchun):

Kapitalbank mamlakatimizda birinchi bo‘lib xalqaro BSI Group kompaniyasi auditi natijasida axborot xavfsizligi bo‘yicha ISO/IEC 27001:2022 va ISO/IEC 27701:2019  sertifikatlarini qo‘lga kiritdi.

Ushbu sertifikatlar bankning axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligini boshqarish bo‘yicha yuqori darajadagi himoyasi hamda risklarni samarali boshqarishini tasdiqlaydi.

Bank bir asrdan ortiq vaqt davomida ISO standartlashtirish bilan shug‘ullanib kelayotgan eng nufuzli xalqaro tashkilotlardan biri BSI Group auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

— Kapitalbankning axborot xavfsizligi standartlarining xalqaro darajada tan olinishi – mijozlar, hamkorlar va investorlar ishonchini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim yutuqdir. Ushbu sertifikatlar bankning axborot xavfsizligi risklarini samarali boshqarishini va ma’lumotlarni himoya qilish uchun zarur barcha chora-tadbirlarni amalga oshirayotganini tasdiqlaydi. Biz jarayonlarni doimiy takomillashtirish va mijozlarimiz uchun yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlashga intilamiz, — deb ta’kidlaydi Kapitalbank Boshqaruvi Raisi Kirill Mayevskiy.

ISO standartlari haqida

ISO/IEC 27001:2022 — axborot xavfsizligini boshqarish tizimi (ISMS – Information Security Management System) uchun talablarni belgilaydigan xalqaro standart. Ushbu standart bo‘yicha sertifikat olish tashkilotning axborot xavfsizligini ta’minlashga sodiqligini va me’yoriy talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi.

ISO/IEC 27701:2019 — shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish tizimi (PIMS – Personal Information Management System) uchun xalqaro standart bo‘lib, u shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha talablarning bajarilishini tasdiqlaydi. Ushbu sertifikat axborot xavfsizligini boshqarish (ISO/IEC 27001) va axborot xavfsizligini ta’minlash choralariga (ISO/IEC 27002) asoslanib, shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma beradi.

BSI Group haqida

British Standards Institution (BSI) — Buyuk Britaniyaning yetakchi standartlashtirish tashkiloti bo‘lib, manfaatdor tomonlarning fikrini uyg‘unlashtirish va ularning qabul qilinishini muvofiqlashtirish asosida xalqaro standartlarni ishlab chiqadi. BSI Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) ning rasmiy a’zosi hisoblanadi. 100 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan BSI milliy standartlashtirish organidan global darajadagi standartlashtirish, ta’lim va sertifikatlashtirish bo‘yicha muhim rol o‘ynaydigan tashkilotga aylandi. So‘nggi 10 yil ichida BSI o‘z mavqeini yanada mustahkamlab, KPMG, First Advantage Supply Chain Security Division, Eurocat, NIZ Cert, Benchmark Certification (Avstraliya) va Germanischer Lloyd (GLSC) kabi yirik sertifikatlash kompaniyalarini o‘z tarkibiga qo‘shdi.



Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Octobank Oʻzbekistondagi onlayn-nashrlarda yoritilishi bo'yicha TOP-5 bank qatoriga kirdi

27.03.2025

Octobank Oʻzbekistondagi onlayn-nashrlarda yoritilishi bo'yicha TOP-5 bank qatoriga kirdi

Uzum ekotizimi 300 milliard so‘mlik obligatsiyalarning ilk chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazdi

27.03.2025

Uzum ekotizimi 300 milliard so‘mlik obligatsiyalarning ilk chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Firibgarlar odamlarni aldash uchun sun’iy intellektni qanday qo‘llashadi

13.03.2025

Firibgarlar odamlarni aldash uchun sun’iy intellektni qanday qo‘llashadi



Orphus tizimi