JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

“Kapitalbank” bilan onlayn usulda kredit to’lash

Bank mijozlari uchun kapitalbank.uz sayti orqali kreditlarni to’lash uchun yangi xizmat turi taqdim etildi. Onlayn usulda kreditlarni to’lash bank filialiga rasman tashrif buyurish zaruratini istisno qiladi, bu esa mijozlarning vaqtini sezilarli darajada tejaydi. Xizmat turi har qanday bank kartalari egalari uchun amal qiladi.

“Kapitalbank” kreditlarini to’lash oson bo’lib qoldi - endi buni har qanday bankning bank kartasidan kapitalbank.uz veb-sayti orqali amalga oshirish mumkin va bu kredit to’lovini amalga oshirish uchun hozirda bankka borishga majbur bo’lgan ko’plab mijozlar uchun yaxshi yangilikdir. Sayt har qanday bankning HUMO va Uzсard to’lov tizimlari kartalari orqali to’lovni amalga oshirishni qo’llab-quvvatlaydi. Kelajakda bank Visa va Mastercard kartalari orqali to’lovni amalga oshirishni ham qo’llab-quvvatlaydi. Yangi xizmat turi komissiya to’lovlarini ko’zda tutmaydi, biroq hisobdan chiqarish miqdori to’lov amalga oshiriladigan kartaning tarif rejasiga bog’liq bo’ladi. “Kapitalbank” kartalari egalari uchun xizmatlar komissiya to’lovisiz amalga oshiriladi.

Buning uchun kapitalbank.uz veb-saytiga kiring, “Kredit to’lash” bo’limini tanlang, qarz oluvchining kredit kodini kiriting. To’lov bo’yicha ma’lumotlar va o’tkazish uchun zarur bo’lgan summa real vaqt rejimida aks ettiriladi. Xizmat turining ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlash uchun mijoz to’lovni tasdiqlash kodi bilan birga SMS-xabarnoma, shuningdek kredit to’lovi uchun mablag’ kiritilganligini tasdiqlovchi xabarnomani oladi.

— Onlayn xizmat turlarining rivojlanishi, birinchi navbatda, mamlakatning barcha mintaqalarida hamma mijozlarimizga tez va sifatli xizmat ko’rsatish, shuningdek, foydalanuvchilar sonining oshishi bilan xizmat sifatini saqlab qolish imkoniyatidir, — deydi “Kapitalbank” Boshqaruv raisi Kirill Mayevskiy. — Bank filialiga borishning hojati yo’q. Endilikda kredit bo’yicha to’lovni amalga oshirish uchun internetga ulangan smartfon yoki kompyuterga ega bo’lishning o’zi yetarli, demak 24/7 vaqt davomida bank xizmatiga kirish mumkin.

Shuni eslatib o’tamizki, Kapitalbank ilovasi orqali kreditni muddatidan oldin ham yopish mumkin.


Qo’shimcha ma’lumotni 1340 qisqa raqami orqali olish mumkin.

Manba
Kapitalbank "Kapitalbank" aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda "Kapitalbank ATB" O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi