JET: Dollar kursini kimdir o'yin qilyaptimi yoki kurs "sakragani" normal holatmi? Batafsil

Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

05.09.2025

“Kapitalbank” ATB o‘zining ESG siyosatini amalga oshirish va faoliyatining ijtimoiy yo‘nalishini kengaytirish doirasida “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi hamda BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Bank_uz 1920x1080_4.png

“Call Umida” – bu BMTTD tomonidan O‘zbekistonda ishga tushirilgan ijtimoiy loyiha bo‘lib, u xotin-qizlarning jamoat joylaridagi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi – ko‘cha bezoriligiga qarshi kurashish va ayollar o‘zini xavf ostida his qilgan hollarda yordam so‘rashi mumkin bo‘lgan “xavfsiz hududlar” tarmog‘ini yaratishdir. Loyihaning nomi – “Umidani chaqiring” – bejiz tanlanmagan. “Umida” — ishonch va umidni anglatuvchi keng tarqalgan ayollar ismi bo‘lib, xavfli vaziyatda yordam so‘rash uchun ayollar tomonidan maxfiy kod sifatida ishlatiladi. Ushbu kodli ibora aytilganda, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tashkilot xodimlari zudlik bilan yordam ko‘rsatadi: vaqtincha boshpana taqdim etadi, yaqinlar bilan bog‘lanishga ko‘maklashadi yoki zarurat tug‘ilganda huquqni muhofaza qiluvchi organlarni chaqiradi.

Bank_uz 1920x1080_3.png

2022-yilda boshlangan ushbu tashabbus ko‘plab kompaniya va tashkilotlarni yagona “xavfsiz joylar” tarmog‘iga birlashtirdi. Endilikda ushbu tarmoqqa Kapitalbank ham qo‘shildi va shu orqali O‘zbekistonda ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan birinchi tijorat banklaridan biriga aylandi. Bugungi kunda loyiha bankning bosh ofisi hamda Toshkentdagi Markaziy filialida amalga oshirilmoqda. Bir oy ichida Kapitalbankning poytaxtdagi barcha filiallarida, ikki oy ichida esa butun respublika bo‘ylab filiallarida to‘liq joriy etilishi rejalashtirilgan.

Bank_uz 1920x1080_5.png

“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning xavfsizligini ta’minlash bankimiz ijtimoiy siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishidir. Bizda ayollarni himoya qilish va ularning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar majmuasi mavjud bo‘lib, bu sohada BMT bilan yaqin hamkorlik  qilayotganimizdan faxrlanamiz. “Call Umida” loyihasiga qo‘shilish strategiyamiz doirasidagi mantiqiy qadam bo‘ldi: xavfga duch kelgan har bir ayol o‘z vaqtida yordam va himoyaga ega bo‘lishi uchun bank xodimlari uchun aniq harakatlar tartibini ishlab chiqdik. Ishonchimiz komilki, faqatgina biznes va xalqaro tashkilotlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish orqaligina O‘zbekistonning barcha ayollari va qizlari uchun haqiqatan xavfsiz va qulay muhitni yaratish mumkin”, – deya ta’kidladi “Kapitalbank” ATB Boshqaruv raisi Kirill Mayevskiy.

Bank_uz 1920x1080_2.png

“Shaharlar xotin-qizlar uchun haqiqatan ham xavfsiz va qulay bo‘lishi uchun davlat idoralari, biznes va jamiyatning birgalikdagi sa’y-harakatlari zarur. Innovatsiyalar, kompaniyalar va fuqarolarning faol ishtiroki hamda puxta o‘ylangan siyosat bunday shaharlarni teng huquq va imkoniyatlar makoniga aylantira oladi. Bunga misol sifatida supermarketlar, restoranlar, dorixonalar, kovorking markazlari, o‘quv muassasalari, va endi tijorat bankini ham o‘z ichiga olgan “Umidani chaqiring” tashabbusini keltirish mumkin. Bugungi kunda ushbu loyiha butun mamlakat bo‘ylab 500 dan ortiq xavfsiz joyni o‘z ichiga olmoqda”, - deya ta’kidladi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii.

“Umidani chaqiring” tashabbusi Kapitalbankning keng qamrovli ESG strategiyasining bir qismi bo‘lib, u shuningdek shaharni ko‘kalamzorlashtirish, havo sifatini aniqlash qurilmalarini o‘rnatish, “Ezgu Amal” jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish va teng imkoniyatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha loyihalarni ham o‘z ichiga oladi.

Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

19.08.2025

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

2025-yil birinchi yarim yilligi yakunlari: Octobank ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi va hamkorliklarning kengayishi

12.08.2025

2025-yil birinchi yarim yilligi yakunlari: Octobank ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi va hamkorliklarning kengayishi

TBC Uzbekistan 2025-yilning 2-choragi uchun MHXS bo‘yicha moliyaviy natijalarni eʼlon qildi: kredit va depozit portfellarining 113% ga va 93% ga o‘sishi hisobiga umumiy operatsion daromad 100% ga oshib, 1,543 trillion so’mni tashkil etdi

08.08.2025

TBC Uzbekistan 2025-yilning 2-choragi uchun MHXS bo‘yicha moliyaviy natijalarni eʼlon qildi: kredit va depozit portfellarining 113% ga va 93% ga o‘sishi hisobiga umumiy operatsion daromad 100% ga oshib, 1,543 trillion so’mni tashkil etdi



Orphus tizimi