JET: Barselonaga 94 dollarga borish mumkinmi? Batafsil

Kapitalbank ESG loyihasi uchun “Oltin Chinor” birinchi Milliy mukofotiga sazovor bo'ldi

27.09.2024

Kapitalbank “Havodek zarur” ESG loyihasi uchun “Oltin Chinor” birinchi Milliy mukofoti sovrindori bo’ldi. G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2024-yil 26-sentabr kuni “O‘zbekistonlik. Toshkent" IV Xalqaro forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.
 
Kapitalbank va Uzum ekotizimining “Havodek zarur” qoʻshma loyihasi Progressiv islohotlar markazi va CARE CSR konsalting kompaniyasi ekspertlar guruhi tomonidan Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalar loyihalari orasidan tanlab olindi.
 
Joriy yil boshidan buyon “Havodek zarur” loyihasi doirasida Kapitalbank Uzum milliy raqamli ekotizimi bilan hamkorlikda mamlakatimiz bo’ylab 30 ta aholi punktida havo sifati sensorlarini o‘rnatdi, shuningdek bank xodimlari Yashil Makon loyihasini qo'llab-quvvatlab, 35 mingdan ortiq daraxt ekishdi. 

Bank_uz 1920x1080_2 (1).png
 
“Biz jamoamiz bilan birgalikda millionlab o‘zbekistonliklarga sarmoya kiritish va jamg‘arish, o‘z bizneslarini rivojlantirish, oila moliyasini boshqarishda ko‘maklashib, kelajakni qurmoqdamiz”, – deydi boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Ismoilov. — Shu bilan birga, bizning umumiy kapitalimiz bu ekologiya, atrof-muhit holati, suv va havo sifati bo‘lgani uchun Kapitalbank jamoasi mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashga muntazam hissa qo‘shib kelmoqda. Ishimizning ushbu yo’nalishi ham e’tirof etilganidan xursandman, chunki bu bizning jamoamiz uchun faqat boshlanishidir. 

“Texnologiyalar mamlakatning millionlab aholisi manfaati uchun ishlay oladi va ishlashi kerak, - deydi Uzum operatsion direktori Roman Lavrentiev. — Biz mamlakat bo'ylab ulkan infratuzilmani qurdik, eng zamonaviy xizmatlarni va millionlab mahsulotlarni O'zbekistonning barcha hududlari aholisi uchun qulay qilib qo'ydik, xayriya jamg'armalariga yordam berish yoki "Havodek zarur" kabi ekologik tashabbuslar bo'lsin” - bu infratuzilma bizning ijtimoiy loyihalarimizni amalga oshirish uchun asos bo'ldi.

Bank_uz 1920x1080_3 (1).png 
SOVRIN HAQIDA
 
“Oltin chinor” – Uzbekistan's Club global platformasi jurnali tomonidan ta’sis etilgan birinchi Milliy ijtimoiy mas’uliyat mukofoti. G‘oliblar ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv loyihalari orqali barqaror rivojlanish tamoyillarini o‘z biznes modellariga muvaffaqiyatli integratsiyalashtirgan kompaniyalardir.

FORUM HAQIDA

Forum tashkilotchisi – “Uzbekistan's Club” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti. Ushbu tadbir bilan global platforma o‘zining asosiy vazifasini ommalashtirishda davom etmoqda: O‘zbekiston fuqarolarini birlashtirish va ularning iqtidorli, mehnatkash va intellektual xalq sifatidagi qiyofasini yuksaltirish. Forum O‘zbekiston hududida ilk bor tashkil etildi. Ilgari ushbu keng ko'lamli tadbir Berlin, Parij va Londonda bo'lib o'tgan.

Kapitalbank "Kapitalbank" aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda "Kapitalbank ATB" O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Yaqin kunlarda Toshkent shaxrida “Banks&BusinessExpo2024” nomli Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda!

26.09.2024

Yaqin kunlarda Toshkent shaxrida “Banks&BusinessExpo2024” nomli Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda!

1-yarim yillik yakuniga ko‘ra, Kapitalbankning sof foydasi 775 milliard so‘mdan oshdi.

04.09.2024

1-yarim yillik yakuniga ko‘ra, Kapitalbankning sof foydasi 775 milliard so‘mdan oshdi.

Octobank 2024 йилнинг биринчи 6 ойида қандай натижалар кўрсатди?

05.08.2024

Octobank 2024 йилнинг биринчи 6 ойида қандай натижалар кўрсатди?



Orphus tizimi