JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

“Kapitalbank” Kuzatuv kengashi tarkibini kengaytirishga qaror qildi

21.11.2023
17-noyabr kuni “Kapitalbank” ATB aksiyadorlari yig‘ilishida bank Kuzatuv kengashi tarkibini kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va uning yangi tarkibi tasdiqlandi. 

Baxram Qodirov “Uzum” ekotizimining direktorlar Kengashiga o‘tishi munosabati bilan Kuzatuv kengashi a’zoligi vakolatidan ketdi. 

Avval bankda korporativ maslahatchi lavozimida ishlab kelgan Anurbek Xudayberganov, oldin boshqaruvchi direktor lavozimida ishlab kelgan Kirill Markevich va ilgari Kuzatuv kengashi raisi maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan Nodirbek Xalbekovlar qo‘shimcha ravishda “Kapitalbank” ATB Kuzatuv kengashiga saylanadilar. 

— Bank kuzatuv kengashi, bizning nazarimizda, bu -  uning strategiyasi, tamoyillari va maqsadlarining aksidir, – dedi “Kapitalbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi Maqsud Abdusamadov. — Kuzatuv kengashi tarkibiga kiruvchi hamkasblarimiz allaqachon bank rivoji, uning xizmatlari va imkoniyatlari, uning bozordagi mavqeini mustahkamlashga katta hissa qo‘shganlar. Ishonchim komilki, ular o'zlarining yangi lavozimlarida bank, mijozlar va umuman olganda moliya tizimini rivojlantirish uchun yanada ko'proq mehnat qilishlari mumkin.

Kuzatuv kengashining 9 kishiga kengaytirilishi uning nazorat funksiyalarini kuchaytirishi, va eng muhimi, ustuvor strategik loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirishi, endilikda ularning har biri Kuzatuv kengashi a’zolaridan biri tomonidan nazorat qilinishi kerak bo’ladi. “Kapitalbank” ATB Kuzatuv kengashi tarkibiga kiritilgan o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.

Rasmiy manba
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

24.12.2024

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi



Orphus tizimi